Breaking News

O'zbekiston BMT bosh kotibini orden bilan siyladi


BMT-O'zbekiston: Toshkent, 1-iyul, 2024
BMT-O'zbekiston: Toshkent, 1-iyul, 2024

O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev 1-iyul kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan Toshkentda uchrashib, serqirra muloqot olib bordi.

BMT-O'zbekiston aloqalarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan. O'zbekistonda 140 ta qo'shma dastur va loyihalar ustida ish ketayotgani, Toshkent tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 10 ta maxsus rezolyutsiyasi qabul qilingani e'tirof etilgan.

Joriy yil boshidan buyon O'zbekistonga BMT bosh kotibining besh nafar o'rinbosari tashrif buyurgan. O'zbekiston iyun oyida Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (ECOSOS) tarkibiga va Xalqaro mehnat tashkilotining Ma'muriy kengashiga saylangan.

BMT Inson huquqlari qo'mitasida endilikda O'zbekistondan vakil bor.

Uchrashuvda Afg'onistondagi joriy vaziyat xususida ham gap ketgan. Qo'shni mamlakatga gumanitar yordamni kengaytirish, jahon hamjamiyatining Afg'oniston bo'yicha umumiy strategiyasini ishlab chiqish zarurligi yuzasidan fikr almashilgan.

Tomonlar O'zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo'yicha BMT bilan hamkorlikning 2026-2030-yillarga mo'ljallangan dasturini ishlab chiqishga kelishib olgan.

Mirziyoyev jahonda hamjihatlik va birdamlik uchun kurashi, tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish hamda BMT-O'zbekiston hamkorligini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun Bosh kotib Antoniu Guterrishga "Oliy darajali do'stlik" ordenini topshirdi.

Guterrish O'zbekiston tashqi siyosati, Mirziyoyev 2017-yilda boshlagan "islohotlar dasturi" va prezidentning regional yondashuvini maqtagan. Bosh kotib deganki, unga berilgan orden butun BMT uchundir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG