Breaking News

Vashingtondagi Shekspir kutubxonasi eng noyob asarlarni ko'rgazmaga qo'ydi


Shekspir asarlarining noyob kolleksiyasi ko'rgazmada
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:25 0:00

Uilyam Shekspir asarlarining dunyodagi eng katta kolleksiyasi Vashingtonda joylashgan. Foljer Shekspir kutubxonasi to'rt yillik ta'mirdan so'ng o'z eshiklarini qayta ochdi va birinchi marta kolleksiyasidagi eng qimmat asarlarni ommaga namoyish qildi.

Vashingtondagi Foljer Shekspir kutubxonasi dunyoda Shekspir asarlari to'plamining eng katta xazinasini o'z ichiga olgan - 60 000 ga yaqin qo'lyozma, 90 000 grafik rasm va 280 000 ga yaqin bosma kitoblar bor. U to'rt yil davom etgan ta'mirdan so'ng yana jamoatchilik uchun ochildi.

Peggi Obrayen kutubxonaning ta'lim bo'yicha direktori.

“Hozir bizda 1000 kvadrat metrdan ortiq ko'rgazma maydoni bor. Bu biz uchun juda katta joy; u ilgari ko'rsatishning iloji bo’lmagan nodir kitoblarni taqdim etish imkonini beradi. Nodir kitoblarni ko‘rsatish uchun barcha yorug'lik manbalarini to’sish kerak”, - deydi u.

Birinchi folio deb ataladigan to’plam Foljer kutubxonasining asosiy xazinasi. Bu Shekspirning 1623-yilda nashr etilgan ilk pyesalar to'plamidir. Bugungi kunda uning 230 ga yaqin nusxasi saqlanib qolgan. Ulardan beshtasi Londondagi Britaniya kutubxonasida; Foljer kutubxonasida 82 nusxasi bor.

Finlyandiyadagi Lenin muzeyi “rebrending” uchun yopiladi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:11 0:00

Bu nodir nusxalar yonida 17-asrga oid bosmaxona rekonstruksiya qilingan. Shuningdek, Shekspir hayoti va uning jahon madaniyatiga taʼsiri bilan bogʻliq artifaktlar – qirolicha Yelizaveta portretidan tortib, 19-asr o'rtalarida Angliyada "Otello" rolini o'ynagan birinchi qora tanli aktyor Ira Eldrej aks etgan otkritkagacha bor.

Bu asarlar 1880-yillar oxirida Shekspir nashrlari va kitoblarini yig'ishni boshlagan neft magnati Genri Foljer va uning rafiqasi Emili tufayli AQShda to’plangan. 1932-yilda ular Kapitoliy tepaligida, AQSh Kongressi va AQSh Oliy sudi yonida kutubxona ochgan.

Bugungi kunda Foljer kutubxonasi Uilyam Shekspir haqidagi eski ingliz kitoblari va turli materiallarni yig'ishda davom etmoqda. Kutubxona direktori Maykl Vitmor bu yerdagi asarlar hamon dolzarbligini aytadi.

“San'at va gumanitar fanlar ko'p madaniyatli, ko'p irqli demokratiyada fuqarolar sifatida kim ekanligimiz haqidagi muloqotning bir qismi bo'lishi kerak. Shekspir kabi yozuvchilar bizning kimligimizni belgilaydigan va biz hanuz to’qnashayotgan ko'plar masalalarni to'g'ridan-to'g'ri tilga oladi”, - deydi u.

Arab-Amerika muzeyi, Michigan shtati
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00

Ko'rgazmada, shuningdek, 17-asrda taqiqlangan eng mashhur kitobning birinchi nashri - taniqli astronom Galiley Galileyning "Dunyoning ikki asosiy tizimi haqida dialog" kitobi muallifning dastxati bilan saqlanmoqda.

Shuningdek, muallif Alan Miln dastxati qo’yilgan “Vinni Pux” kitobining ilk tijoriy nashri, Jyul Vernning “Yer markaziga sayohat” ilmiy-fantastik asari qo‘lyozmasi ham ko‘rgazmaga qo’yilgan.

Bundan tashqari, Foljer kutubxonasida kuzgi mavsumni klassik “Romeo va Julietta” pyesasi bilan boshlashni rejalagan Yelizaveta teatri joylashgan.

Kutubxonaning ichki qismi butunlay Shekspirga xos - vitrajlar va qandillardan tortib, Shekspir pyesalaridagi lavanda, nargis, bibariya va magnoliya kabi bog 'gullari va o'simliklargacha bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG