Breaking News

Lavrov: Zelenskiy etnik ruslarga Ukrainadan Rossiyaga ko'chishni buyurdi


Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy

O’tgan oy Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov raisligida BMT Xavfsizlik kengashining ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Iyul oyida Rossiya raislik qilgan 15 aʼzolik kengashda nutq soʻzlagan Lavrov Kremlning doimiy asossiz gaplarini takrorlab, koʻplab tinch aholining oʻlimiga sabab boʻlgan va Ukrainani vayron qilgan Rossiyaning oʻn yillik tajovuzini oqlashga urindi.

Kremlning da’vo qilishicha, Rossiya Ukrainadagi etnik ruslar yashaydigan va madaniy hamda mafkuraviy jihatdan Rossiya davlati bilan hamohang bo‘lgan hududlarni egallab turibdi. Ammo bu yolg’on.

Rossiyaning bosh diplomati Zelenskiyni “irqchi” deb atab, Kiyev hukumatini etnik ruslarga nisbatan kamsitishda ham aybladi.

“2021-yilda V.A. Zelenskiy o‘z intervyularidan birida Rossiya madaniyati bilan bog‘liqlikni his qiladigan ruslarni bolalari va nevaralarining kelajagi uchun Rossiyaga ko’chib ketishga buyurgan”, - dedi Lavrov.

Lavrov Zelenskiyning bayonotini to’qigan.

Aftidan, Rossiya tashqi ishlar vaziri Zelenskiyning 2021-yil avgust oyida Rossiya tomonidan qisman bosib olingan Donbass va Qrim hududlariga rus tilida translyatsiya qiluvchi Ukraina davlat telekanali “Dom TV”ga bergan intervyusiga ishora qilmoqda.

Ushbu intervyuda Zelenskiy Kremlning bayonotlariga javob berib: “Bosib olingan Donbass va Qrim hududida yashovchi odamlar aniq tushunishlari kerak: bu yerda kimdir kimnidir quvib chiqarayotgani yo’q”, - degan edi.

“Yana bir bor aniq qilib aytmoqchiman: Ukraina sizning vataningizmi yoki siz mehmonmisiz?— degan edi u rus tilida murojaat qilib. - Agar siz vaqtincha bosib olingan hududda yashasangiz va “biz haqmiz, biz Rossiyada yashashimiz kerak, biz rusmiz” deb ishonayotgan bo‘lsangiz, Donbassda qolishingiz katta xato deb o‘ylayman. Bu hech qachon Rossiya hududi bo‘lmaydi. Hech qachon”.

2021-yilgi intervyudan beri Lavrov Ukraina va uning rahbariyatini obro‘sizlantirish uchun Zelenskiyning so‘zlarini noto’g’ri talqin qilib keladi.

Masalan, 2022-yil 14-yanvarda Moskvada bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Lavrov shunday degandi:

“Yaqinda Prezident Zelenskiy agar kimlardir Ukraina fuqarolari bo'lib, o'zlarini rus deb hisoblasalar, rus tilida gapirishni va rus madaniyatiga e'tiqod qilishni xohlasalar, unda ular Rossiyaga ko'chib o'tishlari kerakligini aytdi”.

Lavrov bu dezinformatsiyani chet eldagi diplomatik safarlarida, Turkiyadagi va Afrika davlatlari bo‘ylab qilgan sayohatlarida hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi nutqida ham davom ettirdi.

Dunyo bo'ylab Rossiyaning yuzlab diplomatik vakolatxonalari va Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari o'zlarining ko'p tilli ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari orqali Zelenskiy so'zlarining yolg’on talqinini kuchaytirib, Kreml propagandasi va dezinformatsiyasiga o’z hissasini qo'shmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG