Breaking News

AQSh, O'zbekiston bosh harbiylari Pentagonda so'zlashdi


AQSh Qo'shma shtab boshlig'i general Charlz Kvinton Braun va Mudofaa vaziri lloyd Ostin Pentagonda matbuot xodimlari bilan gaplashmoqda, 25-iyul, 2024
AQSh Qo'shma shtab boshlig'i general Charlz Kvinton Braun va Mudofaa vaziri lloyd Ostin Pentagonda matbuot xodimlari bilan gaplashmoqda, 25-iyul, 2024

9-sentabr kuni Pentagonda O'zbekiston va AQSh bosh harbiylari mulooqot qildi. Amerika Qo'shma shtab boshlig'i general Charlz Kvinton Braun O'zbekiston Bosh shtabi rahbari general mayor Shuhrat Xolmuhamedov bilan uchrashdi.

Terrorizmga qarshi kurash va mintaqaviy hamkorlik - generallar muhokama qilgan asosiy mavzular, deya bildiradi Amerika Mudofaa vazirligi.

Afg'onistonda faol ektremist kuchlar, jumladan "Islomiy davlat Xuroson" to'dasi salmoqli tahdid solayotgan tomon deya qayd etiladi.

General Braun nazarida O'zbekiston AQShning harbiy sherigi sifatida oyoqqa tura oladi. Vashington va Toshkent yaqindan ishlashda davom etadi, deydi har ikki taraf rasmiylari.

AQSh Markaziyt Osiyoda har bir davlatning mustaqilligi va suverenitetini quvvatlar ekan, bu jarayonda O'zbekiston bilan kelishib, ish tutishga bel bog'lagan.

Mirziyoyev ma'muriyatiga ko'ra, respublika bu jihatdan Amerika bilan hamfikr, hamnafas va strategik hamkor.

AQSh va O'zbekiston 2000-yillar boshidan beri muntazam harbiy aloqa qiladi. 2001-2005 yillar orasida, Afg'onistonda terrorga qarshi urushga safarbar etish uchun Amerika Qashqadaryo viloyatida minglab qo'shinlarini joylashtirgan.

Pentagon respublikaga chegara xavfsizligini ta'minlashda ko'maklashadi.

O'tgan bir yil ichida esa Amerika Afg'onistonda ishlatilgan harbiy havo vositalarining bir qismini O'zbekistonga hadya qilgan. Ularning texnik nazorati hamon Pentagon qo'lida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG