Breaking News

AQShlik ashaddiy muxlislar Los-Anjeles olimpiadasini kutmoqda


Vivian - hamma olimpiadalarga boradigan muxlis
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:37 0:00

Parij Olimpiadasi tugashi bilan ba'zi ashaddiy muxlislar 2028-yilda Los-Anjelesda bo'ladigan yozgi o'yinlarni rejalashtirishni boshlab yubordi. Vivian Robinson ulardan biri. O'zini Olimpiadaning super muxlisi deb ataydigan bu ayol barcha olimpiada o’yinlarini yaqindan kuzatib keladi.

Olimpiada o'yinlarining super muxlisi, kaliforniyalik Vivian Robinson turli davlatlardan tashrif buyurgan ko’plab sayyohlar uchun tanish. Fransiyalik Jeyd ham uni tanidi.

"Men uni “TikTok”da ko'rganman. Shuning uchun u bilan suratga tushishni xohladim", - deydi u.

Vivian o'zini Olimpiadaning eng katta muxlisi deb ataydi. Bu kiyimida ham aks etgan. Parij Olimpiadasi u qatnashgan yettinchi musobaqa.

"Men Avstraliya, Afina, London, Rio, Los-Anjeles, Atlanta va Fransiyadagi o’yinlarda bo’lganman. Yettita Olimpiada! Har soniyada ko‘chadagi odamlar meni to‘xtatib: “Sizni “Instagram”da ko‘rganman!” “TikTok”da, yangiliklarda ko‘rganman!” deyishadi. Bu ajoyib”, - deydi u.

Vivian Los-Anjelesda yashaydi. U 1984-yildan beri Olimpiadaning ashaddiy ishqibozi.

"1984 yilda onam Los-Anjeles Olimpiadasida ko'ngilli bo'lgan. U sportchilarni olib yurgan; jurnalistlar bilan uchrashuvlarda fransuz tilidan tarjimonlik qilgan. U har kuni to’g’nog’ich olib kelardi. Shundan keyin ularni yig’ishga qiziqib qoldim. Bir kuni odamlar Atlantada Olimpiada to’gnog’ichlarini almashtirishayotganini eshitib qoldim. Turadigan joyim bo’lmasa ham, tavakkal qilib yo’lga chiqdim”, - deydi u.

Vivian, albatta, Parij Olimpiadasiga borishi shart edi. Shu maqsadda u ikkita ishda ishlab, sayohat uchun pul tejadi. Nihoyat, u orzusiga erishdi.

Parij olimpiadasiga yo'l olgan ukrainalik Dilshod Xolmatov kim?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:17 0:00

"Bu katta pul edi, lekin men bu xarajat uchun afsuslanmadim, chunki arziydi! Ochilish marosimi uchun 1600 dollar to'ladim. Men hech qachon bitta chipta uchun shuncha pul sarflamaganman! Ko’prikda turganimda yomg'ir yog'a boshladi. Katta shou, qayiqlar, o'yin-kulgi va mushaklarni kutgan edim! Hech narsa bo’lmadi”, - deydi u.

Vivian navbatdagi yozgi Olimpiya o'yinlari o'z shahri Los-Anjelesda bo'lishidan boshi osmonda. Bu degani, xarajatlar kamroq bo’ladi va havo ham quyoshli bo'lishi aniq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG