Breaking News

"Farzandsiz xonimlar": AQSh saylovidagi yangi bahs mavzusi


AQShda ayollar kam farzand ko'ryaptimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00

AQShda joriy saylovlarda oila qurish, farzand ko’rish masalasi siyosiy tus olmoqda. Sabab - tug'ilish darajasi pasaymoqda. Bu esa iqtisodiyot, jamiyat taraqqiyotiga ta’sir qiladi. Yana boshqa mutaxassislarga ko’ra esa, gap bunda emas, balki kimlar ko’payyapti-yu, kimlar ko’paymayotganidan xavotir olishayotganida. Tug'ilish ko'rsatkichi oq tanlilar o’rtasida pasaymoqda.

Amerikaliklar tobora kamroq farzand ko'rmoqda. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining hisobotiga ko'ra, tug'ilish darajasi har qachongidan past.

Respublikachilar partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod Jeyms Deyvid Vens demokratlar bolalardan ko‘ra uy hayvonlarini afzal ko‘rishini aytgandi.

"Bizni demokratlar, bir qancha bolasiz, mushukchali xonimlar va oligarxlar orqali boshqarishmoqda", - deydi u.

Vens demokratlarni oila an’anasiga qarshi deb ataydi.

"Agar jamiyatda ajdodlarning o’rnini bosadigan bolalar bo'lmasa, bu juda xavfli. Farzandlar boʻlmasa, kelajak ham yoʻq. Avlodlarni import qila olmaysiz. Barqaror, sog'lom oilaga ega bo’lishingiz kerak", - degan edi siyosatchi.

"Menimcha, biz tug'ilish ko'rsatkichlari o'zgarganidan ogoh bo’lishimiz kerak. Chunki, bu ishchi kuchini tubdan o'zgartiradi. Bu resurslarga bosimlar keltirib chiqaradi. Ammo bundan xavotir olishimiz kerakmi yoki yo'qmi, bu boshqa masala”, - deydi Aholishunoslik byurosi rahbari.

Shiubbaning aytishicha, kam tug’ilish - kam ishchi kuchi degani. Bu esa iqtisodiyotga ta’sir qiladi. Yana boshqa muammolar ham bor.

"Gap faqat ishchi kuchi sonida emas, balki odamlar malakasi, ma'lumoti mehnat bozori talablarga qanchalik mos kelishi ham muhim", - deydi mutaxassis.

Yana boshqa mutaxassislarga ko’ra, gap raqamlarda emas, balki kimlar ko’paymayotganida bo’lmoqda.

"Agar tug'ilish darajasi pasayayotganidan xavotir olayotgan bo’lsangiz, unda tan olishingiz kerakki, siz oq tanli, o'qigan ayollar farzand ko'rmayotganidan tashvishdasiz”, - deydi Janubiy Dakota universiteti dotsenti.

AQShda tug'ilish ko'rsatkichi oq tanli ayollar o’rtasiga kamaymoqda. Boshqa irqlar o’rtasida tug’ilish darajasi nisbatan yuqori. Lekin shu bilan birga, onalar o’limi darajasi ham nisbatan yuqori.

Umuman, oxirgi ellik yillikda dunyo aholisining o'sish sur'ati sekinlashdi.

“Global miqyosda tug'ilishning umumiy darajasi yoki har bir ayoldan tug'ilgan bolalarning o'rtacha soni 2,2 ni tashkil etadi. Bu shuni ko’rsatadiki, dunyoda har uch kishidan ikki nafari tug'ilish darajasi past bo'lgan joylarda yashaydi”, - deydi Shiubba.

Qo'shma Shtatlarda tug'ilish sonining kamayishi odamlarda dunyoqarashning o'zgarishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. “Pew” taqqiqot markazi so’roviga ko’ra, 18 yoshdan 49 yoshgacha bo'lgan kattalarning 47 foizi farzand xohlamasligini aytgan. Ularning 57 foizi buni shunchaki istamasligini bildirgan.

"Farzandsiz, mushukchali xonim" laqabi ba'zilar uchun faxrga aylanmoqda. Bu atamani kuch-iroda, mustaqillik ramzi sifatida qo’llashmoqda. Masalan, mashhur qo’shiqchi Teylor Svift yaqinda o’zini ana shunday atagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG