Breaking News

Olti yildirki AQShda tug’ilish sur’ati pasayib bormoqda


Pandemiya davrida AQShda tug’ilish sur’ati pasaygan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00

So’nggi raqamlar shuni ko’rsatmoqdaki, o’tgan bir yilda AQShda tug’ilish koeffitsienti sezilarli darajada pasaygan. Buning bir sababi COVID-19, deydi mutaxassislar. Boshqa rivojlangan davlatlarda ham o’xshash holat kuzatilmoqda.

Qo’shma Shtatlarda o’tgan bir yilda tug’ilish sur’ati so’nggi yarim asr mobaynidagi eng katta raqamda tushgan.

Mamlakatdagi har bir yirik iq va etnik guruh hamda deyarli barcha yoshdagilar toifasida tug’ilish 4 foizga kamaygan. Hatto o’tgan yillarda o’sish qayd etilgan 30-40 yoshdagi ayollar orasida ham.

“2019-2020 yillar orasida tug’ilish sur’ati ham, fertillik dajarasi ham 4 foizga kamaydi. Bu biroz g’ayrioddiy”, - deydi hisobot muallifi Bredi Hamilton.

Ekspertlarga ko’ra, COVID-19 pandemiyasi pasayishga hissa qo’shgani aniq, ammo iqtisodiy xavotirlar ham rol o’ynagan. AQShda tibbiy sug’urta ko’p hollarda ish joyiga bog’liq.

“Farzand katta qilish juda qimmat. Shuning uchun ish bor-yo’qligi muhim faktor. Pandemiyani murakkablashtirgan omillardan biri ham shu – ish yuzasidan noaniqlik”, - deydi Hamilton.

Didra Miller – akusher-ginekolog va hamshira. Uning aytishicha, COVID davrida farzand ko’rishni istaydigan oilalarni avvalo xarajatlar o’ylantiradi.

“Bemorlar so’raydigan asosiy savol: tuqqandan keyin nimalarni to’lash kerak? Hatto ultratovush tekshiruvida ham shuni so’rashadi. Hammasi qanchaga tushadi deb. O’tgan yili mart oyida o’zim ham farzand ko’rdim. Mana bir yildan oshdi. Xarajatlar qarorimizda katta rol o’ynadi. Kattaroq kasalxonada bo’lsam, xizmat ham boshqacha bo’lardi. Bola bilan uyga ketgandan keyin 30 ming dollar qarzsiz degan hisob keladimi deb xavotir oldim”, - deydi Miller.

AQSh sog’liqni saqlash tizimida kutilmagan xarajatlar albatta muhim omil. Lekin umuman olganda, rivojlangan mamlakatlarda ahvol bir xil.

“Zamonaviy iqtisodiy taraqqiyotda sistematik bir faktor borki, odamlarning farzand ko’rishga doir qarorlarini o’zgartiryapti. Ayollar ishlashni xohlaydi, bu esa katta oilaga ega bo’lish istagi bilan mos kelmaydi. Mana shu kabi qarashlar o’zgarayotgani rivojlangan davlatlardagi tendensiyani belgilaydi”, - deydi professor Filip Levin.

Hozirgi tug’ilish sur’ati uzoq muddatda aks-sado berishi turgan gap. Urushdan keyingi 1950-yillarda AQSh va boshqa davlatlardagi demografik o’zgarishlar siyosat, iqtisod va madaniyatga ta’sir ko’rsatgan. Tug’ilish koeffitsientining tushishi ham xuddi shunday ta’sir kuchiga ega, deydi tadqiqotchilar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG