Breaking News

Amerikada minglab bola uyda tug’iladi


Amerikada bolalar aksariyat hollarda tug’ruqxonalarda malakali ginekologlar yordami bilan tug’iladi. Ularga eng zamonaviy dorilar va texnologiya muntazir. Yangi tug’ilganlarning qariyb uchdan bir qismi kesarevo operatsiyasi orqali dunyoga keladi. Ammo so’nggi paytlarda uyda tug’ishni afzal ko’rayotganlar ayollar ham ko’p.

Amerikada minglab bola uyda tug’iladi - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:09 0:00
Yuklab oling

Emili Jeykobs va turmush orto’g’i Rovan Finnegan yaqinda ikkinchi farzandini ko’radi. Bola deyarli ikki yoshli akasi Elayas kabi uyda tug’iladi. Ayni akusher xizmatda bo’ladi - agar hammasi yaxshi kechib, kuchli dori, texnologiya yoki jarrohlikka ehtiyoj tug’ilmasa…

“Tug’ruqdan keyin o’zimning vannamda yuvinib olaman, o’z joyimda yotaman, chaqaloq, oilam bilan uyimda – qanday yaxshi bu”, - deydi Emili.

Jeykobs tibbiyot fakulteti talabasi, tug’ruq nima ekanini ko’rgan. Uning aytishicha, ayrim hollarda shifokorlar kasalxona qonun-qoidalariga rioya qilaman, deb ayol ehtiyojlarini esdan chiqarib qo’yadi.

“Homiladorlik kasallik emas, go’zal bir tajriba. Agar atrofingda seni qo’llab-quvvatlaydigan yaqin kishing bo’lsa, tug’ruq, ya’ni bolaning dunyoga kelishi oson kechadi. Bu hayot tuhfasi,” - deydi u.

AQShda o’z uyida dunyoga kelgan bolalar ancha ko’paygan: yiliga 30 ming bola. Barcha chaqaloqlarning 1 foizi. Rejissor Riki Leykning 2008-yildagi “Tug’ilish biznesi” nomli hujjatli filmida uyda, ayrim hollarda vannada, iliq suvda tug’ish tasvirlanadi. Bu yo’lni tanlayotgan ayol talaygina.

Farzandining qanday dunyoga kelganini videolar orqali ko’z-ko’z qilayotgan ota-onalar ham ko’p.

Amaliyot tanqidchilari uyda tug’ish xavfli deydi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, uyda tug’ilgan chaqaloqlar orasida o’lik tug’ilish hollari kasalxonada tug’ilgan bolalarga qaraganda 10 baravar ko’p. Jiddiy nevrologik muammolarga chalinish hollari esa 4 baravar ko’p. Nyu-Yorkdan shifokori Frank Chervenak bu izlanishlarga yetakchilik qilgan.

“Tug’ruqxonada biz bola hayoti uchun kurashamiz. Xavf tug’ilganida har bir soniya ga’nimat. Zaruratga qarab, kesarevo operatsiyasini ham tezda bajaramiz. Agar ona kasalxonada emas, o’z uyida bo’lsa, ulgurmasligimiz mumkin,” - deydi shifokor.

Ammo yetakchi mutaxassis Tina Jonsonga ko’ra, tadqiqot xulosalari asossiz.

“Tasdiqlanmagan ma’lumotlardan foydalanib, boshqa izlanishlar natijalariga zid bo’lgan noto’g’r’i xulosalar chiqarilgan. Masalan, yaqinda Akusherlik va ginekologiya jurnalida chop etilgan maqolada aytilishicha, uyda, malakali hamshira-akusher yordamida tug’ish kasalxonadagidan xavfsiz”.

Bu mavzuda kitob yozgan Jennifer Blok bu fikrga qo’shiladi.

“Bola uchun eng yaxshisi tabiiy yo’l bilan tug’ilish. Bu holda uning o’pkalari ham yaxshi rivojlanadi, nafas olish yo’llari to’la ochiladi, hatto ichaklarida foydali bakteriyalar hosil bo’ladi”.

Blok deydiki, G’arbiy Yevropa va boshqa joylarda tug’ruq paytida ayolga akusher-hamshiraning yordami kifoya. Faqat favqulodda vaziyat tug’ilsa yoki ona-bola hayotiga tahdid bo’lsa, shifokorlar jalb etiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG