Dunyo bo’ylab yiliga 15 million chaqaloq muddatidan erta tug'iladi. Bir millioni nobud bo’ladi. Xalqaro tashkilotlar bu dahshatli jarayonni to’xtatishga bel bog’lagan.
Genri Rak bir qarashda boshqa uch yoshli bolalardan farq qilmaydi. Akasi Oliver va otasi Pol bilan o’ynayapti.
Onasi Sara ertak o’qisa, maza qilib tinglaydi.
Ammo bundan uch yil avval bola qiyinchilik bilan dunyoga kelgan. Genri omon qoldi, ammo u bilan birga muddatidan oldin tug’ilgan egizak ukasi Bennett olamdan o’tdi.
“Bunday narsani unutib bo’lmaydi. Har kuni shu haqda o’ylayman”.
Muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlar orasida o’lim hollari ko’p uchraydi. Muddatidan oldin deganida homilaning 37 haftadan vaqtlirog’i tushuniladi. Go’dak qancha erta tug’ilsa, salomatligi borasidagi muammolar shuncha jiddiy bo’ladi. Miya jarohati ko’p uchraydi, ko’z ko’rmasligi mumkin, eshitish yoki nafas olishda muammolar…
Genri xronik o’pka kasalligi bilan tug’ilgan. Bahorda pnevmoniyaga chalinib, kasalxonaga tushdi.
“O’pka kasalligi sababli qishni muammosiz o’tkazish qiyin, Genri uchun ham, biz uchun ham,” - deydi ona.
Doktor Alan Gutmaxer - muddatdan oldin tug’ilgan go’daklar hayotini o’rganib chiqqan olimlardan biri:
“Erta tug’ilishning ko’pgina sabablari bizga hamon noma’lum. Shu bois buning oldini olish qiyin”.
Genetikada gap ko’p. Ammo boshqa omillar ham katta ahamiyatga ega. Qizlarga qaraganda o’g’il bolalar orasida erta tug’ilganlar ko’proq. Sabablari mavhum.
Uning tagiga yetish maqsadida xalqaro tashkilotlar birgalikda izchil izlanishlar boshlagan.
“Barcha tadqiqotlarni muvofiqlashtirish vaqti keldi, chunki hozirda turli savollarga javob topish imkonini beradigan vositalar mavjud. O’tmishda bunaqasi bo’lmagan,” - deydi shifokor.
“March of Dimes” nodavlat tashkiloti yetakchilik qilmoqda. Edvard Makkeyb - tadqiqotlarga rahbar.
“Dunyo bo’ylab 15 million bo’la erta tug’iladi. Ulardan bir millioni nobud bo’ladi. Biz buni o’zgartirmoqchimiz,” - deydi u.
Sara ham o’z tajribasi haqida gapiradi:
“Umid qilamanki, 10 yil o’tib mening o’g’limga o’xshab erta tug’ilgan go’daklar hayoti osonlikcha saqlab qolinadi, ota-onalar boshiga bunday musibat tushmaydi”.