UNICEF, BMT Bolalar Jamg’armasi nazarida ayrim boy mamlakatlarda bolalar hayotiga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Yangi hisobotda aynan shunday xulosa qilingan.
“Badavlat mamlakatlarda bolalar himoyasi” deb nomlangan hisobotida UNICEF besh mezonga asoslanib mamlakatlarni qiyoslaydi: moddiy farovonlik, salomatlik va xavfsizlik, ta’lim, axloq va tahdidlar, uy-joy hamda ekologik sharoitlar.
Bu ma’noda bolalar yashashi uchun eng yaxshi joylar Gollandiya, Finlyandiya, Islandiya, Norvegiya va Shvetsiya ekani aniqlangan. Reytingda so’nggi o’rinlarni egallaganlar – Gretsiya, Italiya, Portugaliya hamda Ispaniya. Ruminiya eng pastda.
Qizig’i shundaki, dunyoning eng badavlat mamlakati – AQSh reytingning 26-pog’onasigacha chiqa olgan, xolos.
UNICEFning ijtimoiy va iqtisodiy tadqiqotlar bo’limi rahbari Kris de Noyburg buni izohlar ekan, qashshoqlikda yashayotgan amerikalik bolalar ko’pligi hamda boy va kambag’al orasidagi tafovut chuqurligini aytadi.
“AQShda har to’rt boladan biri kambag’al oila farzandi. Bu juda katta raqam. Bizni ham hayratga soldi… Tengsizlik masalasi ham muhim. Ta’lim tizimi mukammal, tibbiy xizmatlar a’lo darajada, biroq hamma ham ulardan bidek foydalana olmaydi. Tenglik masalasida AQSh boshqa badavlat mamlakatlardan keskin farq qiladi,” - deydi UNICEF rasmiysi.
Ayni vaqtda spirtli ichimliklar ichish hamda bolalarni xo’rlash jihatidan AQShdagi vaziyat Yevropadan yaxshiroq, deydi de Noyburg. Biroq o’smirlar orasida homiladorlik hollari amerikaliklar orasida ko’proq uchraydi. Chaqaloq va yosh bolalar o’limi ham Qo’shma Shtatlarda Yevropaga qaraganda ikki baravar ko’proq.
UNICEF hisoboti mualliflari global iqtisodiy inqirozning bolalarga ta’siri yetarlicha o’rganilmaganini e’tirof etadi. Ammo mavjud ma’lumotga asoslanib shuni aytish mumkinki, ayrim mamlakatlarda bolalar orasidagi qashshoqlik chuqurlashgan. So’nggi yillarda o’qishni tashlagan, na ishlab, na hunar o’rgana olgan bolalar soni ortgan.
De Noyburg deydiki, ayrim hukumatlar sarfiyatni kamaytirish harakatida. Ammo UNICEF bunday siyosatining bolalar uchun salbiy oqibatlaridan xavotirda:
“Ko’pgina hukumatlar davlat qarzi masalasini hal qilamiz, yosh avlodni bu muammodan xalos etamiz, deydi. Lekin biz bu muammoning bolalar uchun ta’siri hoziroq sezilayotganini yaxshi tushunamiz. Shuning uchun biz hukumatlarga bolalarga sarf qilinayotgan mablag’ni kamaytirmang, ta’lim, oilalar, ayniqsa, zaif qatlamlarga pulni ayamang, deymiz”.
Ayrim mamlakatlarda bolalar farovonligi masalasida vaziyat yomonlashgan bo’lsa-da, 2000-yildan beri ijobiy o’zgarishlar ham kuzatilmoqda. UNICEFga ko’ra, barcha mamlakatlarda yangi tug’ilgan chaqaloqlar orasida o’lim hollari kamaygan.
Oliy ta’lim olayotgan talabalar soni ko’paygan. Yoshi 11 dan 15 gacha bo’lgan o’g’il-qizlar orasida haftasiga kamida bir marta sigareta chekadiganlar soni sakkiz foizga teng. Bu ilgarigi ko’rsatkichdan pastroq. O’smir qizlarning 99 foizi esa homilador bo’lmaganini aytgan.