Breaking News

Prezident Karterning 100 yillik yubileyi nishonlandi


Jimmi Karter - 100 yoshda!
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:14 0:00

Jimmi Karter 100 yoshga kirgan birinchi AQSh prezidentidir.

Atlantadagi Foks teatri Jorjiya sobiq gubernatori va AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karterning 100 yilligiga bag'ishlangan kontsert dasturini tashkil qildi.

Sobiq prezident nabirasi Jeyson Karterning aytishicha, 1970-yillarda bobosi uchun saylovoldi tashviqotini olib borgan ba'zi ijrochilar ishtirokidagi konsert barchani birlashtiradigan tadbirga aylandi.

"Bu turli hudud, madaniyat va irqdagi odamlarni birlashtiradi. Bugun bu yerda demokratlar ham, respublikachilar ham bor", - deydi u.

Bayramda asosiy qahramon - Jimmi Karterning o'zi ishtirok etmadi. U Atlantadan 240 kilometr janubdagi o'z uyida maxsus parvarish ostida.

“Bu 600 kishilik qishloq va uning Afrikada qilgan ko’p ishlari ham xuddi shunday 600 kishilik qishloqlarda boʻlgan. Bu yerda u qarindoshlik va yaqinlik hissini tuyadi. Shu bois u bu muhim lahzani uyida nishonlamoqda”, - deydi Jeyson Karter.

Jimmi Karter o'zining tarixiy tug'ilgan kunini Jorjiya shtatining Pleyns shahridagi uyida nishonlamoqda. Bu yerda, 1924-yil 1-oktabrda Lilian Karter kasalxonada tug'ilgan birinchi AQSh prezidentini dunyoga keltirgan.

"Kasalxonada tug'ilishining yagona sababi o'sha kuni onasi o’sha yerda ishlayotgan edi", - deydi Jimmi Karter Milliy parki direktori Jil Staki.

Jill Staki - Karterlar oilasining do'sti. U boshqaradigan Jimmi Karter milliy parki Buyuk tushkunlik davridan saqlanib qolgan eski fermani, sobiq prezident o'qigan maktabni va u o'zining saylovoldi shtab-kvartirasiga aylantirgan temir yo'l deposini o'z ichiga oladi. Stakining aytishicha, shahar Karterni har kuni xotirlaydi; bugungi tarixiy kunda esa u boshqalarga xizmat qilmoqda.

"Uning sharafiga 100 ta shaxsning fuqarolik olish tadbirini o’tkazyapmiz", - deydi Staki.

Karter ilk bor tug’ilgan kunini umr yo’ldoshisiz o’tkazmoqda. O’tgan yili noyabr oyida rafiqasi Rozalin olamdan o’tdi.

"77 yarim yillik turmush ortidan yolg’iz qolish – bu juda og'ir", - deydi Staki.

77 yillik hayot - Rozalin va Jimmi Karter
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:10 0:00

Sentyabrdan 1-oktabrgacha davom etgan xotira tadbirlari Karterning butun oilasini bir joyga yig’di.

Karter prezidentlikdan keyin eng uzoq karyera qilgan arbob sifatida ham rekord o’rnatgan. 1981-yilda Oq uyni tark etganidan keyin u rafiqasi bilan Atlantada joylashgan notijorat tashkilotini boshqardi. Dunyo bo’ylab kasalliklarga qarshi kurash va mojarolarni tinch yo’l bilan hal qilish tashabbuslariga qo’shgan ulkan hissasi tufayli u 2002-yilda Nobel tinchlik mukofoti bilan taqdirlangan.

XS
SM
MD
LG