Breaking News

Prezidentning yoshi saylovchi uchun qanchalik muhim?


AQShda 2024-yilda ikki keksa arbob prezidentlik uchun kurashishi kutilar ekan, mamlakatni boshqarish uchun yosh chegarasini belgilash vaqti kelmadimikan, degan savol o’rtaga tashlanmoqda.

Jo Bayden Amerikada prezidentlikka saylangan eng keksa arbobdir.

“Sog’ligim joyida, hammasi yaxshi. 58 yoshimni nishonlashga tayyorgarlik ko’ryapman”, - deya hazillashdi Bayden, yoshi va sog’ligi haqidagi savolga javoban.

Aslida u 80 yoshda. Dunyoda demokratik tarzda saylangan eng keksa siyosatchilardan biri. Uning raqibi Donald Tramp 76 yoshda.

Yaqingacha hukumatdagi uchinchi eng qudratli lavozimni 82 yoshli Nensi Pelosi egallab kelayotgan edi. U palata spikerligidan ketdi.

Tarixchilarga ko’ra, yosh faktoridan Amerika siyosatida anchadan buyon qurol sifatida foydalaniladi. Nomzodlar raqiblarini “yuklatilgan vazifaga dosh bera olasizmi” deya savolga tutadi. Muhimroq masala bu – keksa liderlarning siyosiy davomiylikka ta’siridir.

“Muammo shundaki, keksa rahbarlar o’rta yoshli vorislarini tayyorlamaydi, tarbiyalamaydi, chunki yoshroq, kuchliroq siyosatchilar so’ng ularning o’rinlarini olib qo’yishi mumkin. Shuning uchun hozir 70 yoshdan oshganlar o’rniga 40 yoshdagilar kelayotganini ko’ryapmiz”, - deydi tarixchi Jermi Suri.

Ba’zi keksa rahbarlar o’zini haliyam qirchillama yigit deb ta’riflaydi. Trampning tarafdorlariga ko’ra, u prezidentlikka loyiq, Bayden esa ishini bajara olmayapti.

“Sizga siyosatda pishgan, dono odam kerak. Trampda jismoniy yoshlik ham bor, donolik ham bor”, - deydi Tramp davrida Oq uyda ishlagan Hogan Gidli.

Trampning aytishicha, yosh bu nisbiy tushuncha. 80-90 yoshga to’lgan sog’lom, o’tkir fikrlaydigan odamlarn bilaman, lekin Bayden ulardan biri emas, deydi Tramp. Aslida hayot 80 yoshda boshlanadi, deya yozadi u.

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish markaziga ko’ra, amerikaliklar o’rtacha 76 yil hayot kechiradi. Surining aytishicha, saylovchilar va liderlar o’rtasidagi yosh tafovuti muammo tug’diradi.

“Bayden yuzlashayotgan muammolardan biri shuki, u o’rtacha demokrat saylovchidan ancha keksa, shu bois ba’zida ularning ko’nglini topishga qiynaladi. Oraliq saylovda yoshlar faol qatnashgan bo’lsa-da, ular Baydenni maqtab ovoz bergani yo’q”, - deydi Suri.

Prezidentlik uchun kim juda keksa?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:14 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG