Breaking News

Qozog'istondagi referendumda atom zavodi qurish ma'qullandi


Qozog'istonda ovoz berish huquqiga ega 12,3 milliondan oshiq odamdan 8 millionga yaqini referendumda qatnashgan.
Qozog'istonda ovoz berish huquqiga ega 12,3 milliondan oshiq odamdan 8 millionga yaqini referendumda qatnashgan.

Qozog'zistonda saylovchi kechagi referendumda atom energiyasi zavodi qurishni yoqlagan.

Markaziy saylov komissiyasining tasdiqlashicha, respulikada ovoz berish huquqiga ega 12,3 milliondan oshiq odamdan 8 millionga yaqini tadbirda qatnashgan.

Ulardan 71 foizi referendumda qo'yilgan savolga "ha" deb javob bergan. 26 foizi qarshi ekanini bildirgan.

Jarayonda eng faol ishtirok etgan viloyat Turkiston bo'lib, u yerda ham aksariyat yadroviy inshoot bunyod etilishini quvvatlagan.

Almati viloyatida ham referendumda qatnashganlar salmoqli sonda bo'lib, ko'pchilik ijobiy munosabatda, deya xulosa qilmoqda saylov komissiyasi.

Toqayev ma'muriyatiga ko'ra, kelajak - muqobil energetika va atom quvvatida.

Iqlimdagi salbiy o'zgarishlarni bartaraf etish, atrof-muhitni asrab-avaylash uchun Qozog'iston ilg'or texnologiya va zamonaviy imkoniyatlarga tayanadi, deydi hukumat.

20 million aholga ega respublika neft va uranga boy, ammo elektr tokining katta qismini chetdan oladi, jumladan qo'shni Rossiyadan. Zavodlari eskirgan mamlakat o'zida tokni ko'mirga asoslangan inshootlarda ishlab chiqaradi. Ko'mir esa ekologiyani eng ifloslantiruvchi vosita hisoblanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG