Breaking News

"Bu - bizning tilimiz" - afg'on o'zbeklar


"Bu - bizning tilimiz" - afg'on o'zbeklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:39 0:00

AQShning Pensilvaniya shtatida O'zbek tili bayrami nishonlandi. Filadelfiya shahrida to'planganlar - asosan Afg'onistondan kelgan o'zbek muhojirlar va ularning Amerikada katta bo'layotgan farzandlari. Tantanaga turli shtatlardan turli davrlarda AQSh kelib joylashgan immigrantlar keldi. 21-oktabr O'zbekistonda davlat tili bayramidir, ammo boshqa davlatlardagi o'zbeklar, jumladan afg'onistonliklar uchun ham bu sana muhim. Afg'oniston o'zbeklari uchun til-adabiyot, san'at va madaniyatni saqlab qolish yanayam qiyin, chunki ular doimiy beqarorlik ichida yashaydi, deydi so'zlovchilar. Yosh avlod uchun ona tilni ko'proq eshitish, unda gapirish, etnik ruhiyatni his qilish, jumladan o'zbek she'riyati, musiqasi va xalq og'zaki ijodi bilan tanishish - Amerikadagi afg'on o'zbeklar uchun ham hayotiy ahamiyat kasb etadi, deydi bayram ishtirokchilari. Bunday konsert, muloqot va madaniy ko'rgazmani muntazam taskil etishga kelishib olingan.

XS
SM
MD
LG