Breaking News

AQShda tub aholi hanuz zulm nishonida


20 yil avval bedarak yo'qolgan Tiffani Rid suratlari bilan namoyish, Nyu-Meksiko shtati, 5-may, 2024.
20 yil avval bedarak yo'qolgan Tiffani Rid suratlari bilan namoyish, Nyu-Meksiko shtati, 5-may, 2024.

AQSh Ichki ishlar vazirligiga ko’ra, amerikalik hindular va Alyaska tub aholisi o’rtasida bedarak ketish, zo'ravonlikka duchor bo'lish yoki qotillik qurboniga aylanish holatlari yuqori. Nyu-Meksiko shtati bedarak yo'qolganlarni topishga yordam beruvchi dasturni yo’lga qo’ydi. Qidiruv bilan bog'liq xarajatlarni qoplash uchun yordam puli ajratilmoqda.

Navaxo qabilasiga mansub Tiffani Rid 20 yil oldin izsiz yo’qolgan. Bugun uning opasi Deyandra Reyd qarindoshi bedarak yo'qolgan yoki o'ldirilgan mahalliy oilalarga yordam bermoqda. AQSh Ichki ishlar vazirligiga ko’ra, amerikalik hindular va Alyaska tub aholisi o’rtasida bedarak ketish, zo'ravonlikka duchor bo'lish yoki qotillik qurboniga aylanish holatlari yuqori.

Amerika tub aholisi orasida zo'ravonlik qurbonlari soni yuqori
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:48 0:00

“Bu men uchun shaxsiy masala. Bu menga singlim uchun gapirishga turtki berdi. Shu ayriliqni hozir boshidan kechirayotgan oilalarga yordam berishni xohlayman. 20 yil oldin biz duch kelgan to'siqlarni yengib o'tishga ko’maklashni istayman”, - deydi Mahalliy ayollarga nisbatan zo'ravonlikni to'xtatish koalitsiyasi tashkiloti vakili Deyandra Rid.

Nyu-Meksiko bedarak yo'qolgan va o'ldirilgan mahalliy aholi soniga ko’ra eng birinchi o’rinda turuvchi shtat.

Hukumatning bedarak yo'qolgan va o'ldirilgan odamlarni topishga yordam beruvchi dasturi bor. Dastur doirasida qidiruv bilan bog'liq xarajatlarni qoplash uchun 3000 dollargacha pul beriladi.

O'tgan yil o'n yetti oila ushbu yordamdan foydalandi. Jumladan, Navaxo qabilasiga mansub Denis Karrillo ham. U singlisi Kristinani qidirmoqda. Kristina 2022-yilda go’yib bo’lgan.

"Qidirishga ko’p pul ketadi, ko’plab oilalar buni o'z cho'ntagidan qiladi. G'avvos itlar, ko'ngillilar, politsiya itlari jalb etiladigan katta qidiruvlar uchun pul to’lanadi, joylarda har qanday suyaklarni ajratamiz, belgilaymiz”, - deydi Karillo.

Josett Monett Nyu-Meksiko Tub aholisi ishlari departamentining so’zlovchisi. Unga ko'ra, hukumatning qidiruv xarajatlarini qoplashga yordam berayotgani yaxshi. Lekin yordam berishning boshqa yo'llarini ham topishi kerak.

“Oilaviy voqealarni tinglaganimda, kasbim vazifasidan kelib chiqib, o’zimga shunday deyman: “Xo'p, bu savollarni tushunishim kerak, savollarga javob topishga harakat qilishim kerak, oilalarga yaxshiroq yordam bera olishim uchun. Lekin shunday narsalar borki, hozircha javobini bilmayman, oilalar uchun eng qiyini ana shu, biz uchun ham”, - deydi Monett

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining 2020-yildagi ma’lumotlariga ko’ra, Amerika hindulari va Alyaskaning tub aholisi o’rtasida qotillik qurboni bo’lish darajasi boshqa irq va etnik guruhlarga nisbatan yuqori.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG