Breaking News

Navaxo qabilasi AQSh hukumati bilan suv huquqi uchun kurashmoqda


Amerika: suv uchun kurashayotgan Navaxo qabilasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00

AQSh Oliy sudi federal hukumat Navaxo qabilasi yashaydigan hududni Kolorado daryosi orqali suv bilan ta'minlab berish majburiyatiga ega emas, deb qaror chiqardi.

Navaxo qabilasi a'zolari 380 litrli idishni suv bilan to'ldirmoqda. Ularning aytishicha, har kuni ikki mahal shunday suv tashishadi.

Shimoliy Arizonadagi bu suv manbasiga kelish uchun 30 dollarlik benzin yoqish kerak. Bu oila va g'arbiy Navaxo hududidagi boshqa ko'plab odamlar 22 yil davom etgan qurg'oqchilik ortidan suvni uzoq yo’l bosib tashishga majbur.

Qabilaning hisob-kitobiga ko'ra, 71 000 kvadrat kilometrlik hududdagi uylarning uchdan birida suv yo'q.

O'nlab yillar davomida qabila Arizonaning g'arbiy chegarasi bo'ylab oqadigan Kolorado daryosidan suv olishga urinib keladi.

Amerikaga sayohat: Yodgorliklar vodiysi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:15 0:00

Boshqa 29 qabila qatori navaxolar ham Kolorado daryosi suvidan foydalanish huquqiga ega. Ammo AQSh Oliy sudi 22-iyun kuni chiqargan qarorga ko’ra, federal hukumat bilan mavjud shartnoma Navaxo qabilasiga suv olishda yordam berish majburiyatini o’z ichiga olmaydi. Munozara "miqdorni aniqlash" deb ataladigan moddadan kelib chiqqan, deydi Kaliforniya universiteti professori Xezer Tanana.

“Oliy sud qaroridan keyin ham qabilalar, shu jumladan, Navaxo suvga bo'lgan huquqini saqlab qoldi. Lekin qancha suvga? Bu katta savol. Ular turli manbalardan qancha suv olishi mumkin?” – deydi u.

Ba'zi qabilalar Kolorado daryosi suvidan foydalanish bo’yicha kelishuvga erishgan, boshqalari esa haligacha bu masalada sudlashib kelmoqda.

Daryodan suv olish uchun shtatlar bilan kelishish kerak. Buning tartibi bir asr avvalgi shartnomaga asoslanadi. Tub amerikaliklar esa o’sha paytda bu kelishuvga kiritilmagan.

COVID-19: Navaxo qabilasining ahvoli nechuk?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:58 0:00

O'nlab yil davom etgan qurg'oqchilikdan so'ng va suvdan foydalanishni majburiy qisqartirish kutilar ekan, Tanananing aytishicha, qabilalar o'z ulushlarini olishda tobora ko’proq qiyinchilikka duch kelmoqda.

“Hukumat qabilaga yordam berish uchun mas’ul deb topilganda edi, hindulardagi suv bo‘shlig‘ini tezroq yopgan bo‘lar edik. Bu baribir sodir bo'ladi. Faqat endi ko'proq vaqt va qat'iyat talab qiladi", - deydi professor.

Ungacha esa minglab navaxolar suvni uzoq yo’l bosib, olislardan olib kelishga majbur.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG