Jona Yellovmenning ota-bobolari Navaxo qabilasidan. U 1864-yildagi etnik tozalash, “Uzoq yurish” haqidagi hikoyalarni eshitib o’sgan. O'shanda Navaxo qabilalasi vatani, hozirgi Arizona shtatidan, Nyu-Meksiko shtatiga quvilgan.
“Otam tomondan qarisndoshlarim "red xaus" urug’idan. Ular AQSh harbiylari barcha qabilalarni qirib tashlamoqchi bo’lganda omon qolgan”, - deydi u.
Navaxo qabilasi ming yillar davomida hozirgi Arizona, Nyu-Meksiko, Yuta va Kolorado shtatlarida yashagan.
1840-yillardan boshlab bu hududga oq tanlilar kela boshlaydi va nizolar boshlanadi. 1863-yil ziddiyatlar avjiga chiqqan mahal edi. O’shanda AQSh armiyasi Navaxo qabilasini Nyu-Meksikoga ko’chirish yagona yechim degan qarorga keladi. Aynan Texas va Nyu-Meksiko shtatlaridan o’tadigan Pekos daryosi bo’yi va Bosk Renando shaharlariga majburiy ko’chirishdan maqsad dehqonchilikni o’rganib kun ko’rib ketishar degan umid ham bo’lgan.
1863-yil sentabrda qo’shinlar Navaxolarni yangi manzil sari 500-600 kilometr yayov yurishga majbur qilgan. “Uzoq yurish” atamasi ham shundan qolgan. Yo’l-yo’lakay qanchadan-qancha go’daklar, yoshlar, ayollar va erkaklar ochlik, sovuqdan yoki to’dalarni boshlab borayotgan askarlarning qattiqqo’lligidan halok bo’lishgan. Bu jarayon hindular xotirasida “azob-uqubatlar makoni” davri bo’lib qolgan.
“Yurib borayotgan to’dadan ortda qolganlar ayol-erkakligiga qaramasdan otib tashlanardi. Askarlar hatto ko’zi yoriyotgan ayollarni ham ayab o’tirmasdi”, - deydi Yellovmen.
Bosk Renando shahriga arang yetib olganlarning ham ahvoli og’ir bo’lgan. Yer quruq unign ustiga sho’r, suv esa ishqorli. Odamlar bug’doyni suvga bo’ktirib, kofe dukkaklarini qaynatib yeb jon saqlagan. Ochlikdan mushuksimon hayvonlar va kalamushlarni yeyishdan ham qaytmagan.
“Askarlar ayollar qochishga urinmasin deya, yangi tugilgan chaqaloqlarni kechasi olib qo’yishardi. Yosh bolalarni esa og’ilxonalarda qo’ylar kabi saqlardi. Bir kuni bolalardan biri emaklab og’ildan chiqib kelgan. Uni ko’rgan ona, o’z bolasini olib to’dadan qochib omon qolgan. O’sha ayol buvimning onasi”, - deydi Yellovmen.
AQSh qo’shinlari nazoratida bo’lgan majburiy ko’chirish samarasiz deb topilgunga qadar besh yil o’tib ketdi. Dehqonchilik, jo’xori ekishni yo’lga qo’yib bo’lmadi. Navaxo aholisi azobda qolaverdi. Mahbuslar kabi nazorat ostida bo’lgan hindular boqish uchun davlat byudjetidan yiliga bir yarim million dollar xarajatga tushayotganini tushunib yetdi.
1868-yil 1-iyun kuni Navaxo o’z yerlariga qaytishga imkon beruvchi bitimga imzo chekdi.
“”Bolaligimda “Uzoq yurish”dan omon qaytib kelganlardan ko’p hikoyalar eshitardim. O’z uyiga qaytish mumkinligini eshitgan qariyalar o’sha zahoti yo’lga chiqqan. Kechasi bilan muqaddas tog’(Nyu-Meksiko shtatidagi Teylor tog’i) tomon yurishgan. Boshdan kechirganlarini quvonch bilan, ko’zda yosh bilan gapirib berishardi“, - deydi Navaxo rahbari Rassel Begay.
Oradan 150 yil o’tib, hozir Navaxo xalqi 180 mingni tashkil etadi. Yer maydoni Arizona, Nyu-Meksiko, Yuta shtatlari bo’ylab 45 ming kilometr kvadratni egallaydi.
Zamonaviy iqtisodga moslashayotgan qabilani dehqonchilik, ovchilik, san’at, investitsiya, savdo-sotiq, ishlab chiqarish sanoatida ham uchratish mumkin.
Lekin Navaxo aholisi AQShdagi boshqa qatlamlardan ancha ortda. Yillik o’rtacha daromadi 27400 dollar. Navaxolarning deyarli yarmi ishsiz. Har uchinchisi elektr tokisiz, 40 foizi toza ichimlik suvisiz yashaydi.
“Doim taraqqiyotdan ortda qolganmiz, lekin buni o’zgartirmoqchimiz. Informatika, samolyotsozlik, robotlar ishlab chiqarish... Hatto kriptovolyutalar bozoriga ham kirishni o’ylab qo’yganmiz. Zamonaviy jabhalarning har birida qatnashishni istaymiz”, - deydi Navaxo yetakchisi Rassel Begay.
Navaxo xalqi suveren, yani o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega bo’lsa-da, federal qonunlar bilan hisoblashishi kerak va bunda Begay aytgan rejalarni amalga oshirish uchun anchagina chig’iriqdan o’tishga to’g’ri keladi.
“Soliq bo’yisha o’tgan so’nggi muzokalarda Kongress a’zolaridan tub aholi uchun xusuxiy bizneslar uchun obligatsiyalar, imtiyozlar berilishi haqida ham so’radik. Bu masalani oldin ham ko’targanmiz, lekin natija bo’lmagan. El qatori, AQShdagi har bir shahar, shtat kabi investitsiya qila olishimizga erishmaguncha kurashamiz”, - deydi Begay.
“1868-yilgi bitim tufayli har yili iyun oyi Navaxo xalqi uchun bayram oyi. Biz mamlakatdagi eng yirik qabilalardanmiz va eng ko’p katta yer maydonlari ham bizning xalqqa tegishli”, - deb qo’shib qo’ydi u.
Navaxo qabilasi “Uzoq yurish”ni yodga olib 600 kilometrlik yugurish marafoni uyushtirdi. Marafon xaritasi aynan ota-bobolari bosib o’tgan yo’ldan iborat. Undan tashqari bitimning asl nusxasi ilk bor Arizona shtatidagi Navaxo milliy muzeyiga ularning ona tiliga tarjimasisi bilan qo’yiladi.
Facebook Forum