Breaking News

Navaxo zargarlari ijodi Nyu-Yorkda


Navaxo zargarlari ijodidan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:45 0:00

Navaxo zargarlari ijodidan

Feruza, marjon, opal va kumush hindu zargarlarining qo’lida jilvalanadi. Amerika tub aholisi bo’lmish Navaxo qabilasidan bo’lgan Yazzi oilasi azaldan taqinchoq yasaydi.

Navaxo zargarlari ijodi Nyu-Yorkda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:39 0:00

Nyu-Yorkdagi hindular muzeyida (National museum of the American Indian) shu kunlarda og’a-ini Li va Reymond Yazzining 40 yillik mehnati mahsuloti tomoshaga qo’yilgan. Ular mashhur zargarlar oilasidan. Ishlari shu paytgacha qo’lma-qo’l bo’lib ketgan, har xil shaxsiy to’plamlardan topasiz.

Li kumushga sayqal berib tanilgan. Bu hunar bir necha asr oldin ispan mustamlakachilaridan Navaxo qabilasiga meros bo’lib qolgan. Li qimmatbaho toshlarni kumush qolipga soladi.

“Otam aytardilar, bu hunarni e’zozlash kerak, deb. Har bir toshning ilohiy qudrati bor”, - deydi Li Yazzi.

Rey o’smir paytidan buyon zargarlik qiladi va toshga ishlov berib dong taratgan. Navaxolar san’at va hayotda muvozanat va uyg’unlikni qadrlagan, deydi u.

“Toshlarni bir-biriga moslab tanlash uchun ancha vaqt ketadi. Ba’zida usta buning uchun oylar, hatto yillar sarflashiga to’g’ri keladi”, - deydi Rey Yazzi.

Muzeydagi to’plamda 50 nafar xususiy kolleksionerning buyumlari bor. “Yal-yal dunyo: Yazzi oilasining Navaxo ziynatlari” deya nomlanadi bu ko’rgazma. Navaxolarda insoniyat va jamiki jonzotlar nurli dunyoda yashaydi degan naql bor.

Ketlin Ash-Milbi muzey kuratori:

“Zargarlik buyumlarida ham bu hikmatning aksini ko’rsangiz bo’ladi. Navaxolar nur va rangni alohida qadrlagan”.

Kolleksionerlar Yazzilar yasagan zeb-ziynati uchun katta pul to’laydi. Abbi Kent Flit bu hindularning mahsulotiga bolalikdan oshiq. Hozir - dallol:

“Xomashyo sifatli. Buyumlarni yasash uchun ancha vaqt sarflashadi. Yillar davomida mahorati va didi oshgan ularning. Zeb-ziynat yuz minglab dollarga sotiladi”.

Nyu-Yorkda galereyaning ochilish marosimiga o’nlab hindular tashrif buyurdi. Nyu-Meksiko shtati esa ustalarni yuksak mukofot bilan taqdirladi. Rey va Li uchun bu - sharaf.

“Umr bo’yi shu yumush bilan shug’ullanaman. Har xil odamlar xarid qilib, dunyoning turli chekkalariga tarqalib ketadi ishimiz. Shunda o’ylab qolaman, yillar davomidagi mehnatimni jamoatchilik bilarmikan, ko’rarmikan? Qo’limdan nimalar kelishini hamma ko’rsa edi, deyman”, - deydi Rey Yazzi.

300 buyumdan iborat to’plam bir yil ko’rgazmada turadi.

Aka-uka Yazzilarning buyumlari xususiy kolleksionerlar orasida qo'lma-qo'l bo'lib ketgan.
Aka-uka Yazzilarning buyumlari xususiy kolleksionerlar orasida qo'lma-qo'l bo'lib ketgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG