Breaking News

Amerikada nechta qabila bor?


Har yili noyabr Amerika hindulari merosi oyi sifatida bayram qilinadi. Tub aholi tarixi, madaniyati bilan bog’liq tadbirlar o’tkazish an’anaga aylangan. Yuta shtatidagi Tarix muzeyida bo’ldik.

Butun Amerika tan oladigan qabilalar Yutada
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:22 0:00

“Amerikada nechta hindu qabilasi bor, kim biladi? 547 ta. Yerning egasi bizmiz. 23 million gektarga yaqin yer bizning qo’limizda”, - deydi Xovard Reyner.

Yuta Amerikaning tabiati go’zal shtatlaridan biri. Demografik jihatdan xilma-xilligi bilan ham mashhur. Butun mamlakat tan oladigan sakkiz qabila yashaydi bu yerda, jumladan Shoshoni, Navaxo va Yute. Shtat nomi ham shundan kelib chiqqan. Oqlar ko’chib kelishi bilan aksar hindular o’ldirilgan yoki rezervatsiyalarga quvilgan.

“Og’ir damlar bo'lgan, mamlakat bo'ylab qabilalar qirg’inga uchragan. Bu yerga tijorat maqsadida kelganlar qabiladoshlarimizni, millatimizni, tilimiz, madaniyatimizni yo’q qilishga uringan”, - deydi Sherli Soversmit.

Darren Perri Yutadagi Shoshoni hindulari tashkiloti rahbari. Uning aytishicha, ko'plab qabilalar o’zligini yo’qotishiga sabab ularning tan olinmaganidir. Lekin har yili noyabrda tarix yodga olinadi.

“Shu zaminda yashovchi barcha millatlar, ularning o’ziga xos qarashlari tan olinishi kerak. Bir-birimizdan o’rganaylik. Menimcha, endi mahalliy hukumatlar ham mahalliy hindularning qadrini tushunib yetyapti”, - deydi u.

Xovard Reyner uzoq yillar o'qituvchilik qilgan, hozir nafaqada. Turli shtatlarda tub aholi uchun radio stansiyalar, gazetalar, hatto maktablar ochilganini olqishlaydi.

“Bolalarda ayniqsa intilish kuchli. Ular o’z madaniyatini, merosini biladi, maqsadlari aniq. Aytmoqchimanki, Amerika hindulari yo'qolib ketgani yo’q, ular shu mamlakat rivojiga katta hissa qo'shayapti”, - deydi Xovard Reyner.

Reyner fikricha, kelajak sari qadam qo'yayotgan hindular o’z tarixini, boy an’analari va o’tmishini ham unutmasligi kerak.

Bir muammo - ular haqidagi eskicha qarashlar o’zgarmagan.

“Hali ham chaylalarda yashab, poda boqasizlarmi, deb so’rab qolishadi ba'zilar. Bizni kamsitish, yerga urish uchun emasdir, ular ham bilmaganidan shunaqa savollar berishadi”, - deydi Reychel Xolidey.

Xolidey bu holatni Amerika ta'lim tizimidagi nuqsonlar bilan bog'liq ko'radi.

Mahalliy hindular avlodlari esa o’z madaniyati va tarixini targ’ib qilishga bel bog’lagan. Shu yo’l bilangina ularga nisbatan shakllanib bo’lgan qarashlar o’zgarishidan umidvor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG