Breaking News

Dunyoning eng qudratli armiyasini kim boshqaradi?


Donald Tramp AQSh mudofaa vazirligiga nomzod Pit Xegset bilan, Arxiv.
Donald Tramp AQSh mudofaa vazirligiga nomzod Pit Xegset bilan, Arxiv.

Pit Xegset Milliy gvardiyaning Iroq, Afg’oniston va Guantanamoda xizmat qilgan, orden va medallarga ega veterani.

“Fox va do’stlar” teledasturining sobiq boshlovchisini Donald Tramp mudofaa vaziri lavozimiga tanlagani shov-shuv uyg’otmoqda.

“Favqulodda g’ayritabiiy tanlov. Boshlovchi kadr egallaydigan lavozim emas bu. Kursiga rahbarlik tajribasiga ega shaxs o’tirishi kerak”, - deydi iste'fodagi kontr-admiral, Demokratiyalarni himoyalash fondi vakili Mark Montgomeri.

Xalqaro hayot - 3-dekabr, 2024 - Suriya, G'azo, yangi mudofaa vaziri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:54 0:00

Xegset Pentagonning xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik tamoyillariga qarshi islohot g’oyasi bilan chiqib jamoatchilik e’tiborini qozonishga uringan edi.

“Safimizda qora, oq yoki qizil tanlilar yo’q. Barchamiz yashilmiz, qonimiz qizil. Qudratimiz xilma-xillikda emas, birdamligimiz, vatanga, oilamiz va bir-birimizga muhabbatimizda”, - degan edi u.

Xegset harbiylar safidan ayollarni chiqarib tashlash tarafdori.

“Oshkora aytaman, ayol harbiylardan voz kechish kerak. Ular hujumlarni samarali va jangavor emas, murakkablashtirdi xolos”, - deydi u.

2014-2015-yil tadqiqotlarida faqat erkaklardan iborat va ayollar bilan aralash bo’linmalar solishtirilgan. Erkaklar otryadlari tezroq va kuchliroq topilgan. Aralash otryadlar esa muammolarni hal etishda ustun ekani aniqlangan.

Mudofaa vaziri Lloyd Ostin erkaklar bilan tengma-teng mashaqqatli missiyalarni bajarayotgan ayol harbiylarni olqishlagan:

“Ayollarimiz AQSh armiyasiga muhim hissa qo’shmoqda. Siz bizga keraksiz, sizga ishonamiz, xizmatingizdan minnatdormiz, siz Yer yuzidagi eng qudratli va jangavor kuchlarning muhim qismisiz”, - degan edi u.

Tramp Garvard va Prinston universitetlarida o’qigan nomzodni qattiqqo’l, aqlli va vatanparvar deya olqishlaydi.

Xegset nomzodi mudofaa vazirligiga ko’rsatilgach, jinsiy zo’ravonlikka doir 2017-yilgi sud ishi haqida xabarlar tarqadi. Xegset da’vogarga o’zaro kelishuv asosida pul to’laganini aytadi.

“To’liq tergov bo’lgan, oqlanganman, qozon yopiqligicha qolsin”, - deydi u.

Xegset nomzodini Senat tasdiqlashi kerak. Ayni damda Senatda respublikachilar uch kishiga ko’p, biroq tahlilchilar uning ayollarga qarshi qarashlarini eskicha fikr sifatida baholaydigan Senat uni ma’qul ko’rmasligi mumkinligini aytmoqda.

“Senatorlar orasida ayol harbiy veteran Joni Ernst ham bor. Xegsetga uning qiziqarli savollari borligiga aminman. Nazarimda, uning tasdiqlanishi favqulodda qiyin masala”, - deydi Montgomeri.

Tramp prezidentligining birinchi muddatida mudofaa vazirlari bilan chiqisha olmagan. Sobiq mudofaa vaziri Mark Esper Trampga prezidentlikka noloyiq shaxs deya baho bergan edi.

Rasmiylar Xegset Trampga sodiq va itoatkor ekanini aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG