Breaking News

AQSh shimoli-sharqida qurg‘oqchilik rekord darajada


Ashokan suv omborida suv sathi pasayib bormoqda, Nyu-York, 13-noyabr, 2024.
Ashokan suv omborida suv sathi pasayib bormoqda, Nyu-York, 13-noyabr, 2024.

Bu yilning kuz fasli Qo'shma Shtatlarning shimoli-sharqiy hududlari uchun odatdagidan farqli o'tdi. Nyu-York shahri atrofidagi parklar va o'rmonlarda yong‘inlar sodir bo‘lib, qurg‘oqchilik kuchaydi.

Amaliy iqlim axborot tizimi ma'lumotlariga ko'ra, Portsmutdan (Nyu-Xempshir) janubiy Filadelfiyagacha bo'lgan hududlar rekord darajadagi eng quruq uch oyni boshdan kechirdi. Mintaqadagi ba'zi suv omborlari suv sathining tarixiy eng past ko'rsatkichiga yaqinlashdi.

Kelajakda suvning jiddiy tanqisligini oldini olish uchun – bu muammo yaqin kelajakda yuzaga kelmasa ham – katta o‘zgarishlar amalga oshirilishi kerak. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, iqlim isishi bilan qurg‘oqchilik kuchayishda davom etadi va jamoalar bu vaziyatdan uzoq muddatli yechimlarni joriy etish uchun motivatsiya sifatida foydalanishi lozim.

“Bu kelajak uchun erta ogohlantiruvchi belgidir”, - dedi Shimoliy Jersi Suv Taqdimoti Komissiyasining ijrochi direktori Tim Yustans.

Yustans Nyu-Jersi gubernatori Fil Merfiganing odamlar orasida favqulodda chora-tadbirlar zaruratini oshirish uchun qurg‘oqchilik bo‘yicha favqulodda holat e'lon qilishini xolayapti.

Quyida Shimoli-sharqiy hududda suvni tejash uchun zarur bo‘lishi mumkin bo‘lgan ba'zi usullarni ko’rib chiqamiz:

Yer osti suvlarini to‘ldirish

Muhim suv manbalaridan biri – yer osti suvlaridir. So‘nggi yillarda Delaver, Merilend, Nyu-Jersi va Nyu-Yorkning ayrim hududlarida yer osti suv zaxiralari sezilarli darajada kamaygan.

Yer osti suvlari Nyu-Jersi chuchuk suvning taxminan yarmini tashkil etadi. Ammo kengayib borayotgan shahar hududlari va beton qoplamalar yomg‘ir suvining yer osti zaxiralarini to‘ldirishini qiyinlashtirmoqda.

“Nyu-Jersi — bu “savdo markazlari mamlakati”. Bizda ulkan avtoturargohlar bor, ularni suvni oqizib yuborish o‘rniga qayta yig‘ish uchun ishlatish mumkin edi”, - dedi Yustans.

Mamlakatning boshqa ba'zi hududlarida suvning yerga singib, yana yer osti suv qatlamlariga qaytishini ta'minlaydigan o'tkazuvchan asfalt, beton va toshlar tobora keng qo‘llanilmoqda. Bu choralarni joriy qilish mahalliy hokimiyatlarga bog‘liqdir, dedi u.

Yer osti suv qatlamlarini tezroq to‘ldirishning samarali usuli — yuqori darajada tozalangan oqova suvni ushbu qatlamlarga yuborishdir. Los-Anjeles buni yillar davomida amalga oshirib kelmoqda va bu usul shahar uchun mavjud suv zaxiralarini sezilarli darajada oshirmoqda.

Virjiniya shtatining Virjiniya-Bich shahri ham yuqori darajada tozalangan suvni yer osti suv qatlamlariga qayta yo’naltirmoqda. Merilend shtatidagi Enn Arundel okrugi ham xuddi shunday amaliyotni amalga oshirishga imkon beradigan qonun loyihasini qabul qilishga harakat qilmoqda.

Odamlarni suvni tejashga rag‘batlantirish

AQShning g‘arbiy hududlarida suvni tejash uchun odamlarni moddiy rag‘batlantirish tizimi mavjud. Ushbu tizimda mahalliy hokimiyatlar yoki shahar boshqaruvlari o‘t maydonlarini olib tashlab, ularning o‘rniga mahalliy o‘simliklar bilan landshaft yaratgan aholi yoki tashkilotlarga har bir kvadrat fut uchun to‘lov beradi.

Davlat Ichimlik Suvi Boshqaruvchilari Assotsiatsiyasi bosh direktori Alan Robersonning aytishicha, bu siyosat Shimoli-sharqiy hududda unchalik keng tarqalmagan.

"Ko‘plab suv resurslarining mavjudligi odamlarni suvni tejash tashabbuslariga jalb qilishni qiyinlashtiradi”, - dedi u.

Merilend shtatining Enn Arundel okrugi bosh muhandisi Bet Okonnellning aytishicha, yangilangan suv hisoblagichlari mijozlarga suv iste'moli haqida batafsil ma’lumot taqdim etadi va qurg‘oqchilik dolzarb muammo bo‘lmaganda ham, qayerda tejamkorlik qilish mumkinligini ko‘rishga yordam beradi.

Suvni qayta ishlatish odatiy holga aylanishi mumkin

Konsepsiya oddiy: suvni rakovina, kir yuvish mashinasi, dush va hojatxona kabi manbalardan yig‘ib, yuqori sifat standartlariga muvofiq tozalash va uni ichimlik bo‘lmagan maqsadlar uchun qayta ishlatish. Bu suvni hojatxonalarni yuvish, binolarni sovutish, hovlilarni sug‘orish yoki daryo va yer osti suv qatlamlarining suv sathini oshirish uchun quvurlar orqali qayta yo‘naltirish mumkin.

Menimcha, Amerikadagi eng katta xatolardan biri — ichimlik suvini maysazorlarni sug‘orish va hojatxonani yuvishda ishlatishidir”, - dedi Yustans.

Zak Gallager — suvni qayta ishlash tizimlarini loyihalashtiruvchi, quruvchi va boshqaruvchi “Natural Systems Utilities” kompaniyasining bosh direktoridir. U uch farzandning otasi bo‘lib, Nyu-Jersida yashaydi, shuning uchun ushbu qurg‘oqchilik uning shaxsiy hayotiga ham bevosita ta’sir qilmoqda.

“Men o‘zimni farzandlarim va ularning avlodlari uchun muhim va ular uchun biror yaxshi narsa qoldiradigan ishni qilayotgandek his qilyapman”, - dedi u.

Qayta foydalanish qurg‘oqchilik va suv toshqinlariga qarshi samarali vosita bo‘lishi mumkin, deb tushuntirdi u. Agar biror bino o‘z oqova suvini qayta ishlatib, uni bevosita suv havzasiga yo‘naltirsa, bu eski sohil bo’yidagi shaharlarda ko‘p uchraydigan muammo — shaharlarning nozik kanalizatsiya tizimiga yukni kamaytiradi. Shuningdek, bu yangi suvga bo‘lgan talabni ham kamaytiradi.

Su yil yozda Nyu-Yorkda ochilgan eski “Domino Sugar Refinery” zavodi zamonaviy qayta ishlash markaziga aylantirilmoqda. Ushbu loyiha har kuni katta hajmdagi oqova suvni (400,000 gallon yoki 1,5 million litr) tozalash imkonini beradi. Bu suvning katta qismi yangi aralash foydalanish uchun qurilgan binolarda hojatxonalarni yuvish, binolarni sovutish va landshaftni sug‘orish kabi amaliy maqsadlar uchun ishlatiladi. Tozalangan suvning bir qismi esa tabiiy suv havzasi sifatida Sharqiy daryoga qaytariladi.

Ichimlik bo‘lmagan suvni qayta ishlatish (nonpotable reuse) AQShning sharqiy hududlarida tobora kengroq qo‘llanilmoqda, ammo uni mintaqaviy darajaga kengaytirish keyingi asosiy e’tibor markazida bo‘lishi kerak, dedi Okonnell.

Yangi qarash

Kelajakda uzoq muddatli qurg‘oqchilikka sabab bo’ladigan rejalar tuzish qimmatga tushishi mumkin. Bunday rejalar, shuningdek, resurslar ko‘pligidan tejamkorlikka asoslangan yondashuvga o‘tishni talab qilishi mumkin, dedi Amerika Fuqarolik Muhandislari Jamiyati a’zosi va to’g’on muhandisi Del Shannon.

U dunyo bo‘ylab suv loyihalarida ishlagan bo’lib, ko‘plab rivojlanayotgan davlatlar asosiy e'tiborini ekinlar va ichimlik suvi uchun ishonchli suv manbalarini ta'minlashga qaratganini ta’kidladi.

“Biz suv zahiralarimizga o’sha davlatlardek ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishimiz va uni himoya qilishimiz kerak”, - dedi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG