Breaking News

Tramp prezidentligi fermerlar uchun qanday kechishi kutilyapti?


AQSh fermerlari Trampdan umidvormi yoki xavotirda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:13 0:00

AQSh fermerlari Trampdan umidvormi yoki xavotirda?

AQSh fermerlari prezidentlikka saylangan Donald Trampning AQSh Qishloq xoʻjaligi vazirligini boshqarishga tanlagan nomzodi ularning tashvishlarini tushunishini va savdo siyosati hamda qishloq xoʻjaligi qonunlarini shakllantirishda toʻgʻri yoʻl koʻrsatishini umid qilmoqda.

Illinoys shtatining Genri okrugidan boʻlgan fermer Stiv Naytingeyl va yuzlab boshqa qishloq xoʻjaligi sohasidagi odamlar bu oy Chikagoda boʻlib oʻtgan Illinoys fermerlar byurosining yillik yigʻilishida AQSh savdo siyosatidagi noaniqliklar fonida kelajak rejalarini muhokama qildi.

“Fermerlik iqtisodiyoti hozir yaxshi emas. Bojlar ehtimoli va boshqa muammolar qaror qabul qilishni juda qiyinlashtiradi va odamni tashvishga soladi”, - deydi fermer Naytingeyl.

AQSh Qishloq xoʻjaligi vazirligi prognozlariga koʻra, AQSh fermerlari bu yil 2022-yildagi sof daromadlarining chorak qismini yoʻqotishi kutilmoqda. Shu bilan birga, oʻgʻit kabi materiallar narxi rekord darajaga yaqinlashgan. Donald Trampning bojxona tariflariga oid va’dalari amalga oshsa, bu iqtisodiy qiyinchiliklarni yanada kuchaytirishi mumkin.

“Boshqa davlatlar bizga javob qaytarsa, ular toʻgʻridan-toʻgʻri qishloq xoʻjaligimizga zarba beradi”, - deydi Stiv Naytingeyl.

Genri okrugi fermerlar byurosi prezidenti boʻlgan Naytingeyl Trampning AQSh Qishloq xoʻjaligi vazirligini boshqarishga tanlagan nomzodi — Bruk Rollins bojxona tariflari boʻyicha uning tashvishlarini tushunishini va joriy yilda muddati tugagan Qishloq xoʻjaligi qonuni oʻrniga yangi qonun qabul qilish ahamiyatini anglashini umid qilmoqda.

“Biz biroz hayron boʻldik, chunki uning nomi hech qanday roʻyxatda yoʻq edi”, - deydi fermerlar vakili.

Devid Ayserman Illinoys shtatidagi Streator shahri yaqinida, mamlakatning eng yirik makkajoʻxori va soya yetishtiruvchi hududlaridan biri boʻlgan LaSalle okrugida dehqonchilik qiladi.

“U avvalgi qishloq xoʻjaligi vazirlari kabi tajribaga ega emas, lekin bu u yomon rahbar bo’ladi, degani emas. Buni vaqt koʻrsatadi”, - deydi u.

Avvalgi Tramp ma’muriyatida Oq uyning Ichki siyosat kengashi direktori vazifasini bajargan Rollins Texas A&M universitetida qishloq xoʻjaligini boshqarish boʻyicha ilmiy darajaga ega.

“U qishloq xoʻjaligida biroz tajribaga ega va umid qilamizki, u ochiq fikr bilan kelib, fermerlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Oʻzi shunday qilishini aytdi”, - deydi Ayserman.

Ayserman AQSh savdo siyosatidagi oʻzgarishlarga ham ochiq fikrda boʻlishga harakat qilmoqda.

“Yangi prezident ish boshlamaguncha, nima boʻlishini bilmaymiz. Lekin u Kanadaga oid muzokaralar oʻtkazgani va ularning samarali boʻlgani haqida xabarlar eshitdik, shuning uchun bu borada yaxshi natijalar boʻlishi mumkin”, - deydi u.

“Steward” kompaniyasi bosh direktori Den Miller investorlar hamda fermerlar va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida vositachilik qiladi. Unga ko’ra, bojlar tufayli AQSh fermerlari yetishtirayotgan mahsulotlarda va ularning qayerlarda sotilishida xilma-xillik oshishi mumkin.

“Bu model juda koʻp davlat siyosati va yordamiga tayanadi. Men ishlaydigan fermerlarning koʻpchiligi buni xohlamaydi. Lekin ular shunga majbur. Ular makkajoʻxori va soya yetishtiradi, chunki uni topshiriboq, darhol pul olishi mumkin”, - deydi u.

Miller har qanday mahsulot ishlab chiqarishni oʻzgartirish qimmat, uzoq va murakkab jarayon boʻlib, yangi infratuzilmani talab qilishini tan oladi. Shunga qaramay, u bojlar va AQSh qishloq xoʻjaligi siyosati boʻyicha olib borilayotgan muhokamalar siyosatda oʻzgarishlarga olib kelishini umid qiladi.

“Biz faqat erkin bozor boʻlishini xohlaymiz”, - deydi u.

Naytingeyl makkajoʻxori va soya uchun yangi xaridorlar topilishini istasa, Ayserman AQSh savdo va qishloq xoʻjaligi siyosatida koʻproq aniqlik bo’lishini xohlaydi.

“Bizni, ya’ni qishloq xoʻjaligini shunchaki bir oʻyin usuli sifatida ishlatishayotgani meni xavotirga solmoqda”, - deydi Ayserman.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG