Marta - ikki bolaning onasi, 20 yildan beri ruhiy tushkunlikdan azob chekadi. Shu xastalikdan qiynalayotgan millionlab amerikaliklar kabi u ham kasalini yashirib kelardi. Interviyu uchun asl ismini bildirmasligimizni iltimos qildi. "Odam bu haqda aytishdan uyaladi,"-deydi u.
Martaning aytishicha, kasallik uni shu qadar zaiflashtirdiki, hatto ishlolmay qoldi. Dori ham, mavjud muolajalar ham natija bermadi. Unga miyaga magnetik yo’l bilan quvvat beruvchi yangi davo turini taklif etishdi.
Nyu York psixiatriya instituti xodimi doktor Sara Lisanbi bu haqda shunday deydi: "Hozirda psixiatriya sohasida yuksak yangiliklar ro’y bermoqda. Miyaga stimulyatsiya berishning yangi yo’llarini qidiryapmiz. Muolaja ancha mukammallashgan bo’lardi."
Mazkur muolajada miyaning zararlangan qismiga magnit orqali elektron quvvat yuboriladi. Magnitlar miya doirasini kuchlantirib, ruhiy tushkunlik yuzaga keltirgan salbiy holatni tuzatadi. Muolajaga tinimsiz qatnagan Marta uning samarasidan xursand: "Bemalol jilmayyapman."
Bir necha kunlar ichida shifo berayotgan bu muolaja turi hali AQSh hukumati tomonidan ma’qullangani yo’q. Magnit yo’li orqali asab xuruji va tutqanoq kasalliklarini ham davolash ehtimoli bor.