Breaking News

Qurmanbek Bakiyev Qirg'iziston prezidenti etib saylandi


Qirg’iziston Markaziy Saylov Komissiyasining aytishicha, vaqtinchalik prezident vazifasini o’tab kelgan Qurmanbek Bakiyev kecha bo’lib o’tgan prezident saylovlarida salmoqli g’alabaga erishdi.

Saylov komissiyasi hisoblariga ko’ra, Bakiyev 89 foiz ovoz bilan o’zining besh raqibini ancha ortda qoldirdi. Bakiyevning o’zi saylovlarni "so’nggi yillar ichidagi haqiqiy saylovlar” deb atadi.

Uning g’alabasi asosan sobiq raqibi hamda Bishkek shahrining sobiq hokimi Feliks Kulovning saylovlardan o’z nomzodini Bakiyev foydasiga olib tashlagani tufayli bo’ldi, deydi ba'zi ekspertlar. Saylovlarni kuzatgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakillari saylovlarni Qirg’izistonda demokratiya sari katta siljish, deb atadilar.

Qurmanbek Bakiyev mamlakatda faoliyat yuritayotgan AQSh harbiy bazasi masalasiga dushanba kuni Bishkekda jurnalistlar bilan bo’lgan uchrashuvda to’xtalib o’tdi. Uning aytishicha, bazaning yopilishi masalasi kun tartibiga qo’yilishi kerak.

AQSh qo’shinlari 2001 yilda Afg’onistonda Tolibonga qarshi urush boshlangandan beri Qirg’izistonda o’z harbiy bazasiga ega.

XS
SM
MD
LG