Qirg’iziston prezidenti Kurmanbek Bakiyev mamlakat vazirlariga siyosiy partiyalardan chiqish talabini qo’ymoqda. Chiqmasangiz, deydi prezident, mansabdan ketasiz.
“Ijroiya organidagi ayrim rasmiylar siyosiy partiyadagi faoliyatlariga ko’p vaqt ajratib, asosiy vazifalarini unutib qo’ymoqdalar”,-dedi Bakiyev 10 aprel kuni Bishkekda so’zlar ekan. “Ular Feliks Kulovdan o’rnak olgan holda yoki siyosiy partiyalaridan ketishlari, yoki vazifalaridan boshashlari shart”,-dedi Qirg’iziston prezidenti.
Qirg’iziston Bosh vaziri Feliks Kulov uch kun oldin, 1999 yilda o’zi tashkil etgan “Or nomus” partiyasi a’zoligidan ketishga qaror qildi.