Breaking News

AQS harbiy qo'mondonligi: 'Xonoboddan qo'shinlarning ketishi Afg'onistondagi operatsiyaga ta'sir ko'rsatmaydi'


AQShning Afg’onistondagi harbiy qo’mondonligining aytishicha, O’zbekistonning AQSh qo’shinlarini Xonoboddan chiqarish qarori Qo’shma Shtatlarning Afg’onistondagi insonparvar va jangavor operatsiyalariga katta ta’sir ko’rsatmaydi.

Qo’mondonlik so’zlovchisi polkovnik Jim Yontsning jurnalistlarga Qobuldagi brifing davomida xabar berishicha, AQSh qo’shinlarini joylashtirish uchun boshqa joylarga egadir.

Pentagon rasmiylarining Vashington Post gazetasiga bergan ma'lumotiga ko'ra, AQSh, Qarshi-Xonobod bazasidan foydalanish evaziga O'zbekistonga 2001 yildan buyon jami 15 million dollar to'lagan. Bu O'zbekiston Tashqi ishlar vazirliginin "AQSh bazadan foydalanish uchun pul to'lamagan", degan gapini inkor qiladi.

Nyu York Tayms gazetasining xabar berishicha esa, AQSh-O'zbekiston aloqalarinu muhokama qilish uchun Tohskentga borishni rejalashtirgan, Davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Nikolas Byorns safarini noaniq muddatga qoldirgan. Kuzatuvchilarning fikricha, bu askarlarni Xonobod bazasidan chiqarish haqidagi O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligining AQShga taqdim etgan diplomatik notasi bilan bog'liqdir.

XS
SM
MD
LG