Breaking News

AQSh: To'fon jabrdiydalariga kech yordam berilgani Bushning aybimi?


AQSh qonun chiqaruvchilarining ta’kidlashicha, Kongress a’zolari ta’tildan so’ng qayta ishga tushar ekan, Katrina to’foni jabrdiydalariga yordam berish, ular oldidagi eng asosiy masala bo’lishi lozim. Ammo demokratlar va respublikachilar orasida bu borada keskinlik mavjud. Masalan, Vakillar Palatasidagi hukmron respublikachilar yetakchisi, Tom DeLey nazarida, ko’mak berish jarayonidagi xatolarni aniqlash uchun hech qanday komissiya tuzishning keragi yo’q. Ammo Senatdagi ozchilik demokratlar sardori Gari Reyd boshqacha fikrda:

- Biz albatta xatolarni o’rganish uchun mustaqil komissiya tuzamiz. Aynan bugun tuzmasligimiz mumkin, ba’zilarga bu fikr yoqmasligi mumkin, biroq so’z beramanki, u albatta tuziladi.

Senator Reyd ham, kongressmen DeLey ham, kecha prezident Bush bilan uchrashdilar. Respublikachilar nazarida, demokratlar, jabrdiydalarga ko’mak berish borasida chiqqan ziddiyatdan respublikachilar siyosatini tanqid qilish va prezident Bushning obro’sini pasaytirish uchun foydalanmoqdalar.

Demokratlar esa, Bush rahbariyati tomon ko’makning sekinligi yuzasidan tanqidlar yo’gilar ekan, ba’zi munozarali mavzularni ko’rib chiqish vaqti keldi, Bush ma’muriyatining soliqlar borasidagi siyosati quyi va o’rta tabaqa amerikaliklarga salbiy ta’sir qildi, va to’fondan keyingi muvaffaqiyatsizlik qisman mana shu siyosat mahsuli, deb bong urishmoqda.

Lekin bir paytning ozida Bushning uning o’zi ham ko’mak dasturining dastlabki bosqichida kamchiliklar bo’lganini tan olaman, ularning sabablarini bilmoqchiman, deydi:

- Ko’mak berish jarayonida nima to’gri-yu, nima noto’g’ri bo’lganini aniqlash uchun, tergovga o’zim boshchilik qilmoqchiman, deya ta’kidladi Bush.

Unga ko’ra, buni aniqlash, milliy xavfsizlik masalasiga borib taqaladi. Mamlakat, deydi u, har qanday ofatlar, to’fonlardan tortib to terroristik hujumlar bo’lsin, hammasiga doimo tayyor turishi kerak.

Ma’lumki, to’fon asoratlaridan qutulish ishlariga minglab harbiylar jalb etilgan, lekin aytib o’tish joiz: AQSh qonuni bo’yicha, mamlakat ichida ro’y beradigan tabiiy ofatlarga javob berish harbiylarning ishi emas. Ammo fuqarolik agentliklari harbiylardan yordam so’rashi mumkin. Ayni paytda, yuqori lavozimli mudofaa rasmiylari bu ahvol, ya’ni tabiiy ofatlar ro’y berganda Mudofaa vazirligining ikkinchi darajali roli qayta ko’rib chiqiladi, deyishmoqda.

Kecha AQSh Mudofaa vaziri Donald Ramsfeld, matbuot anjumanida gapirar ekan, biz fuqarolik agentliklarining ko’mak berish haqidagi talablariga o’z vaqtida javob berdik, dedi. Uning bildirishicha, kutilayotgan tergov, hukumat agentliklarining ishini, talofat yuz berganda ularning roli qanday bo’lishi kerakligini ko’rib chiqadi.

XS
SM
MD
LG