Breaking News

Kuchli to'fon Amerika va Kanadada 40 kishini hayotdan olib ketdi


Shimoliy Karolina shtatidagi manzara
Shimoliy Karolina shtatidagi manzara

Amerikaning sharqiy shtatlari 27-28 avgust kunlari shiddatli to'fon bilan yuzlashdi.

Atlantika okeanidan kelgan "Ayrin" (Irene) to’foni shanba kuni erta bilan Shimoliy Karolina sohillarini urdi. Keyin esa shimol tomon yo'naldi. Qattiq yomg'ir, dovul.

Virjiniya, Merilend va Delaver shtatlari, shuningdek Vashington shahrida suv toshqinlari kuzatildi. Nyu-Jersi va Nyu-Yorkda ham shu ahvol.

Butun mintaqa bo'ylab favqulodda holat e’lon qilgan. Sohilbo’yidan millionlab aholi evakuatsiya qilingan. Jamoat transporti ishdan to'xtagan.

AQShdan keyin Kanadani urgan bu to'fon natijasida 40 kishi halok bo'lgani ma'lum. Millionlab aholi elektr tokisiz qolgan. Milliardlab dollar zarar ko'rilgan.

Prezident Barak Obama fikricha ofat oqibatlariga qarshi uzoq kurashishga to'g'ri keladi.

Mutaxassislarning aytishicha, bu to'fon hajm jihatdan butun Yevropa maydoni bilan tenglashishi mumkin edi.

Uning "ko'zi", ya'ni markaziy nuqtasi Shimoliy Karolinaga to'g'ri kelgan. To'fon soatiga 120 kilometr tezlikda esgan.

"Ayrin" hafta boshida Puerto-Riko, Bagama orollari va Dominikana Respublikasida bir necha kishini hayotdan olib ketgan.

Ikki tomoni okean bilan o'ralgan AQShni oxirgi uch yil ichida bunday xatarli to'fon urmagan edi.

23 avgust kuni poytaxt Vashington va mamlakatning sharqiy shtatlarida 5, 8 balda yer qimirlagan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG