Amerikaning Indiana, Kentuki va Ogayo shtatlari kuchli to’fonlar ostida.
Yana qator shtatlarga katta zarar yetgan. Kamida 31 kishi nobud bo’lgan. Shahar va qishloqlar vayrona. Jarohat olganlar ko’p. Minglab odamlar uy-joyidan ayrilgan.
Indiana shtatining Genrivill shahri yer bilan yakson. Mashinalardan tortib, hatto avtobuslargacha shamolda uchdi, deydi guvohlar.
Bu shtatdagi Merisvill degan shaharchadan esa hech vaqo qolmagan.
Kentuki shtatining Luivill shahrida ham manzara ayanchli.
Tennissi, Missuri va Kanzas shtatlarida ham qattiq dovul kuzatilmoqda.
Aholi mavsumiy to'fonlarga o’rganib ketgan. Talofat bundan-da katta bo'lishi mumkin edi, deydi amerikaliklar.
Manzara bilan quyidagi suratlarda tanishing: