O’tgan hafta zilzila va to’fonni boshdan kechirgan Amerika endi tropik dovul bilan yuzlashmoqda. Mamlakatning janubiy shtatlari tahdid ostida. Dovul Meksika Ko’rfazidan kelmoqda.
Luiziana, Mississippi va Alabama shtatlarida favqulodda holat e’lon qilingan.
Texasda ham aholi evakuatsiya haqida ogohlantirilgan.
To’fonlar mavsumi hukmron ekan, bu yilning o’zida Atlantika okeanidan 12 marta kuchli dovul kelgan.
O’tgan haftadagisi “Ayrin” bo’lsa, navbatdagi tropik ofat “Li” deb ataladi.
AQSh To’fonlarni nazorat qilish markazi har bir dovul yoki to’fonga maxsus ro’yxatga binoan, ingliz alvafitiga qarab tanlangan ismlar beradi.
“Ayrin” Amerika sharqi, Kanada va Karib orollarida 45 kishini hayotdan olib ketdi. AQShning ko’plab shtatlarini vayron qildi. Suv toshqinlari hamon davom etmoqda. Milliardlab dollar zarar yetgan.
Ayni damda Atlantikada yana bir to’fon yurgani ma’lum, “Katia” deb ataladi.