TURKMANISTON-ROSSIYA
Bugun Turkmaniston Prezidenti Saparmurot Niyozov Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklfiga ko’ra Moskvaga tashrif buyurdi. Rossiya prezidentining matbuot xizmatiga ko’ra ikkala prezident o’zaro suhbat chog’ida asosiy e’tiborni iqtisodiy hamkorlik hamda yonilg’i va energo resurslarni rivojlantirish masalasiga qaratdi.
2005 yilning noyabriga kelib, ikki tomonlama savdo xajmi 260 million AQSh dollarini tashkil etgan. Ikki davlatning gaz sanoatidagi hamkorligi va 2004 yildan boshlab bu sohada imzolangan bir qator shartnomalarning kuchga kirishi natijasida yanada yuqori ko’rsatkichlarga erishish kutilmoqda.
Prezidentlar shuningdek, Kaspiy dengizi masalalari, Markaziy Osiyodagi vaziyat va bir qator xalqaro voqeliklar yuzasidan fikr almashdilar.
TURKIYA-TOJIKISTON
Iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish orqali madaniy, ilmiy va ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish mumkin, dedi Turkiya Prezidenti Ahmad Nejdet Sezar, Tojikiston Prezidentini qabul qilar ekan.
Rahmonovga ko’ra bugungi kunda talaygina hamkorlik imkoniyatlari mavjud bo’lib, ulardan o’z vaqtida foydalanmoq lozim. Rahmonov ikkala mamlakat orasidagi birdamlik, hamkorlik va do’stlik aloqalariga alohida urg’u berdi.
Tojikiston prezidenti shuningdek Turkiya parlamentiga ham tashrif buyurib, qonunchilik tizimi bilan yaqindan tanishdi va parlament spikeri Bulent Arinj bilan muloqot qildi.
QOZOG’IZISTON
Qozog’iston mazkur yili Jahon Savdo Tashkilotining a’zosiga aylanishi mumkin, dedi prezidenti Nursultan Nazarbayev bugun Ostonada o’tkazilgan brifingda.
“2006 yilda Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lishimiz tasdiqlanishi mumkin dedi, Qozog’iston prezidenti.
Unga ko’ra, mamlakat oldida yechimini kutayotgan bir qator masalalar turibdi.