TURKMANISTON-ROSSIYA
Turkmaniston sharq va Yevropaga energiya ta’minotini oshirish niyatida, dedi Saparmurot Niyozov Prezident Vladimir Putin bilan Moskvada uchrashar ekan. Niyozovning ta’kidlashicha, bu reja tinchlik va energetik xavfsizlikni ta’minlash kabi manfaatlarga javob beradi.
“RiaNovosti”ning xabar berishicha, prezident Niyozov Rossiya bilan gaz sohasidagi bir qator dasturlarda, jumladan, tabiiy gaz ta’minoti, gaz depositlarini rivojlantirish va Turkmaniston gazining exporti bo’yicha hamkorlik qilish niyatida. Ma’lumki, Rossiya quvurlari Turkmaniston gazi eksportining asosiy kaliti hisoblanadi.
QIRG’IZISTON
Qirg’iziston Adliya vaziri Marat Kayipov, mamlakatda faoliyat yuritayotgan va chet eldan moliyalanuvchi nohukumat tashkilotlarni tekshirishni buyurdi. “RiaNovosti”ning xabar qilishicha, bugun Adliya vazirligining yig’ilishida bu masala ko’tarilib, Qirg’izistonda okean otridan moliyalanuvchi 7000ga yaqin nohukumat tashkilotlari ishlayotgani ta’kidlangan.
Vazirlikka ko’ra, Qirg’izistonda so’nggi 12 oy ichida 26 ta yangi siyosiy partiya va 17 diniy tashkilot tuzilgan. Vazir Kayipov mazkur tashkilotlar orasida qaysi biri milliy xavfsizlikka rahna solishi mumkinligini aniqlashni buyurgan.
QOZOG’ISTON
Qozo’gistonga janubi-sharqiy Osiyodan keladigan odamlarga nisbatan chegaralarda karantin va bojxona nazorati kuchaytirilmoqda. Maqsad - parranda grippining mamlakatda tarqalishini oldini olish deya xabar qiladi, Qozog’iston Moliya vazirligining bojxona nazorati qo’mitasi.
Yuqumli kasallikning alomatlari aniqlansa, uning tarqalishini oldini olish choralari darhol ko’riladi, deb xabar beradi “KazInform” agentligi. Bundan tashqari Qozog’iston, qonunga binoan vetiranariya nazorati o’tkazilmagan har qanday parranda yoki yovvoyi qush go’shtlarini mamlakatga olib kirishni taqiqlab qo’ygan.