Breaking News

Amerika xotin-qizlar ravnaqi uchun jon kuydirgan ayollarni taqdirladi


AQSh turli davlatlarda qiz-juvonlarning haq-huquqi va taraqqiyoti uchun ulkan hissa qo’shgan 10 ayolni mukofotladi.

G’oliblar jahonning 80 dan ziyod davlatidan saralab olingan. Yangi sovrin Xalqaro Jasorat mukofoti deb ataladi.

Davlat kotibasi Kondoliza Rays ularni inson sha’ni va g’ururining himoyachilari hamda ilg’or kashshoflar deya ta’rifladi.

Rays xonim Qo’shma Shtatlar ayollarning tahqirlanishiga qarshi qat’iy kurash olib borishda davom etadi, deydi.

“Xotin-qizlarning qullikka sotilishiga yo’l qo’ymaymiz. Ayollar orasida savodsizlikka barham beramiz. Majburiy nikohlar, o’z joniga qasd qilish kabi hollarga chek qo’yamiz. Sog’liqni saqlash sohasida ayollarga ko’mak berib, o’zlari va farzandlari haqida ga’mxo’rlik qila olishlarini kafolatlaymiz”.

Sovrindorlarning ikki nafari Iroq va Afg’onistondan. Iroqlik ayol parlament a’zosi bo’lib, mamlakat ayollarining jamiyatdagi rolini kuchaytirishda faollik ko’rsatgan.

Afg'onistonlik yana ikki ayol, Maryam Akromi va Aziza Siddiqiy xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi kurashgani va ular huquqi poymol etilayotganini ko'tarib chiqqani uchun alohida mukofotlarga loyiq deb topilgan.

"Bu mukofot bilan ish bitdi, biz muammo dunyoga yoydik deya olmaymiz. Vatanga qaytib, xotin-qizlar ahvolini yaxshilash uchun yanada jonbozlik ko'rsatamiz. Toki ayollarga nisbatan zulm va tazyiqqa barham berilsin", - deydi Aziza Siddiqiy.

Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, AQSh Iroqni istilo qilganidan beri, ya’ni o’tgan to’rt yildan beri mamlakatda xotin-qizlarni zo’rlash va taqhirlash hollari bir necha karra oshgan.

XS
SM
MD
LG