Breaking News

O'zbekiston Qozog'iston bilan yangi bitim imzolagan


Toshkentda Qozog`iston Bosh vaziri Karim Masimov O`zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashgan. Ikki davlat o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar va hukumatlararo muvofiqlashtiruvchi kengashda belgilangan vazifalar haqida gaplashilgan.

O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida 2007-2016 yillardagi iqtisodiy hamkorlik strategiyasi haqida bitim imzolangan. Shuningdek, Qozog’iston Taraqqiyot Bankining Toshkentdagi filiali faoliyati bilan tanishilgan.

Qozog'iston kapitalining mintaqadagi o'rni oshib bormoqda. Tahlilchilar nazarida O'zbekiston mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalanmayapti.

O`zbekiston Qozog’iston bilan yangi ish o`rinlari bo`yicha bitimlarga erishishi mumkin, deydi tahlilchilar.

Lekin bu muammolar hukumatlar o`rtasida muzokara qilinmaydi va o`zbekistonlik muhojir ishchilar ahvoliga ham e’tibor qaratilmagan.

Boshqa bir muammo chegara zonasidagi muhitning savdo aloqalari uchun qulay emasligi. Ko`proq korruptsiya va ma’muriy qog`ozbozlikdan iborat bo`lib qolayotganidir.

Jamiyatshunos Komron Aliyev Qozog`iston bosh vazirining tashrifidan keyin ham bu muammolarda o`zgarish bo`lmasligini aytadi.

“Bu masalarning o`zi kun tartibiga qo`yilmagan. Lekin birinchi darajadagi masala ekanligi hech kimda shubha uyg`otmaydi. Yuz minglab, balki milliondan oshiq o`zbeklar Qozog`istonda turli tazyiqlarga ro`para kelayotgani ma`lum. Qozog`iston bilan hududiy bahslar yo`qligiga qaramasdan, u yerda bozor iqtisodi qaror topayotgani, bizda esa asosan davlat nazoratiga ko`ra ish yuritilayotgani bois, chegaradagi vaziyat nizolar markazi bo`lishda davom etaveradi”, - deydi Aliyev.

XS
SM
MD
LG