Breaking News

AQSh Afg'onistonda qo'shin sonini oshirmoqda


Qo’shma Shtatlar yaqin orada Afg’onistonga qo’shimcha 17 ming askar safarbar etadi.

Qaror AQShning bu mamlakatdagi kuchlari sonini 50 foizga oshirib, eng xatarli hududlar – Afg’oniston janubi va sharqida tartib o’rnatishga qaratilgan.

Prezident Barak Obama oliy qo’mondon sifatida ilk harbiy qarorini tushuntirar ekan, Afg’oniston va Pokistondagi vaziyat jiddiy e’tiborga molik deydi.

“Pokistonning qabilaviy hududlarini o’ziga in qilib olgan Al-Qoida madadi bilan, Afg’onistonda Tolibon va boshqa ekstremistik guruhlar qayta kuchga to’lmoqda. AQSh ularni yengish uchun zarur resurslarni ta’minlaydi”, - deydi Obama.

Mamlakatga kelasi ikki oy ichida 12 ming zobit va ular ketidan qo’shimcha 5 ming sonli yordamchi kuch yo’l oladi. Afg’oniston Mudofaa vazirligi ularni aynan afg’on-Pokiston chegarasida joylashtirishni so’ramoqda.

“Shu bilan birga”, deydi AQSh rahbari, “terrorizm va ekstremizm balosini harbiy qudrat bilangina yengib bo’lmasligini yaxshi tushunamiz”. “Qo’shma Shtatlar o’z tasarrufidagi barcha ta’sir vositalarini ishga soladi, jumladan diplomatiya va taraqqiyot dasturlarini jadal olib boramiz”.

Mudofaa vaziri Robert Geyts so’zlari bilan aytganda, Obama ma’muriyati o’z oldiga haqiqatga yaqinroq maqsadlar qo’ymoqda. Masalan, 3afg’on-Pokiston chegarasidagi terror manzillarini yo’q qilish-5 yil ichida afg’on-Pokiston chegarasidagi terror manzillarini yo’q qilish.

XS
SM
MD
LG