Breaking News

Muxolifat fikricha Qirg'iziston betaraf siyosat yuritishi lozim


AQSh harbiylari Qirg’izistondagi Manas aerodromidan foydalanish huquqidan mahrum bo’lgan. Rasmiy Bishkek qaroriga ko’ra, amerikalik harbiylar 6 oyda bazani tark etishi kerak.

AQSh admirali Mark Xarnitchek so’zlariga ko’ra, Afg’onistonda xalqaro qo’shinga atalgan yuk endi Tojikiston va O’zbekiston orqali o’tishi kutilmoqda. Haftasiga taxminan 200 konteyner tashiladi, deydi admiral.

Qirg’iziston hukumatining AQShni Manas bazasidan chiqarish qarori turlicha talqin qilinmoqda. Qirg’iz muxolifati nazarida qaror ortida yashirin ma’no bor.

Prezident Qurmanbek Bakiyev tarafdorlari qarorni maqul ko’rsa, muxolifat Qirg’izistonda siyosiy o’yin ketmoqda, deydi. Ularning aytishicha, demokratik jarayonni bosim ostiga olgan Bakiyev kelgusi saylovlar oldidan Kremlni o’ziga jalb qilishga intilmoqda.

Qirg’iziston sobiq ombudsmani, “Erkin Qirg’iziston” partiyasi rahbari hamda musulmonlar kengashi yetakchisi Tursunboy Bakiro’g’li fikricha, Qirg’iziston betaraf siyosat yuritib, nafaqat AQSh balki Rossiya bazasini ham yopishi kerak.

“G’arb dunyosi, Rossiya, Xitoy yoki Eron singari davlatlarning mintaqada nufuz o’rnatish jarayoni nazarga olinsa, Qirg’iziston betaraflar safiga qo’shilgani ma’qul”, - deydi u.

Tursunboy Bakiro’g’li nazarida Markaziy Osiyodagi siyosiy kurashda AQShning ham xatolari bor. AQShni Manasdan chiqarish qarori parlamant tasdig’ididan o’tib, prezident Bakiyev uni imzolagan bo’lsada AQSh bazani tark etishi uchun hali 6 oy bor. Manasni saqlab qolish imkoniyati bormi?

“Erkin Qirg’iziston” partiyasi rahbari va musulmonlar kengashi yetakchisi Tursunboy Bakiro’g’li bilan suhbatni .

XS
SM
MD
LG