Breaking News

AQSh: Afg'onistonga yuk yetkazishning muqobil yo'llari bor


Yaqinda AQSh admirali Mark Xarnichek Markaziy Osiyoda qator muzokaralar o’tkazgan.

Afg`onistonga temir yo`l orqali noharbiy yuk yetkazish bo’yicha O`zbekiston va Tojikiston roziligini olgan.

Admiralning aytishicha, har hafta 50-200 konteyner bu davlatlar orqali Afg`onistonga o`tadi.

O`tgan hafta O`zbekistonga kelgan AQSh generali Deyvid Petreus prezident Islom Karimov bilan muzokarada Afg`oniston masalasiga to’xtalgan.

Sharhlovchilar fikricha, AQSh prezidenti Barak Obama eng katta urg'uni Afg'onistonga berarkan, Rossiya geosiyosiy ambitsiyalarini jadal olg’a sura boshlagan.

Qirg`iziston hukumati qaroriga ko`ra, AQSh harbiylari 18 avgustga qadar “Manas” aerodromini tark etishi kerak.

“Qirg’iziston qarori Rossiya bosimi ostida qabul qilingani aytilmoqda. Bu qarorning tagida nima yotgan bo`lmasin, Bishkekning xalqaro maydondagi nufiziga putur yetkazdi. Qirg`iziston Afg'onistonga askarlarini jo'natmasa, muammoga yana qanday yordam berishi mumkin? Faqat o`z hududidan foydalanishga ruxsat berishi mumkin edi. Mintaqaning boshqa davlatlari Afg`oniston bo`yicha hamkorlikni rivojlantirayotgan paytda Qirg’izistonning qarori g'alati”, - deydi sharhlovchi Farxod Tolipov.

Barak Obama Afg`onistondagi AQSh qo`shinlari sonini yana 17 ming kishiga ko`paytirmoqchi. Muammoni kuch bilan yechib bo`lmasligi ko`p ta'kidlanmoqda.

“AQSh terrorchilarga, qoradori savdosiga qarshi kurashmoqchi edi... Afg`oniston, Pokiston va Eronda terrorchilar bazasi yo’q qilinmagan”, - deydi Afg'on-Sovet urushi qatnashchisi Tal'at Murodov.

O`zbekiston prezidenti Islom Karimov fikricha Tolibon oddiy aholi hisobiga ko`paymoqda. Bu xalqaro qo'shin muvaffaqiyatsizligi bilan bog'liq, deydi.

XS
SM
MD
LG