Breaking News

AQSh Markaziy banki raisi: krizis bir yilda tugashi mumkin


AQSh Markaziy banki raisi Ben Bernanke fikricha, hukumat dadil qadam tashlab, banklarni ishga solsa, kredit sistemasi tiklansa bas. 2010 yilda, deydi u, iqtisodiyot yana jonlanadi.

Barak Obama boshqaruvni qo’lga olganiga ikki oy bo’libdiki, hammaning xayolida bir gap – prezident AQShni iqtisodiy tanazzuldan xalos etadimi? Buning uchun nima qilmoqda?
Iqtisodchilar vaziyatni turlicha baholamoqda. Prezidentning Iqtisodiy maslahatchilar kengashi rahbari Kristina Romer deydiki,

Mehnatkash xalq iqtisodiyotning o’zagini tashkil etadi. Tajriba va texnologiya bobida Qo’shma Shtatlar hamisha oldinda, deydi u. Moliyaviy krizis esa o’tkinchi, deydi Kristina Romer.

Biroq Oq uy iqtisodiy kengashi rahbari Larri Sammers vaziyatga boshqacha yondashmoqda.

Bir oyda 600 ming kishi ishidan ayrildi, deydi u. Bu jarayon hali beri to’xtamaydi. Prezident ko’rgan ayrim choralar samara berayotgani aniq, biroq umumiy manzara hali ham yaxshi emas. Chunki hozirgi tanazzul bir yilda hosil bo’lmagan, demak yechim ham tez kelishini kutish notog’ri, deydi Larri Sammers.

Iqtisodchi Osten Gulsbi prezidentning 2 oylik faoliyatini sarhisob qiladi. Obama ma’muriyati iqtisodiy yordam dasturini ma’qulladi. Ko’chmas mulk bozorini qutqarish uchun lozim chora ko’rildi, deydi u.

Biroq respublikachilar Obamadan rozi emas.

Senator Mitch Makkonnel kelasi yilgi byudjetni tahlil qilar ekan, turgan-bitgani xarajat, deydi. Yaqin 5 yilda davlat qarzi 2 karra oshadi, soliqlar ko’payib, chiqim ortadi deydi u. Pulni sovurgandan ko’ra, moliyaviy sistemani tuzatish kerak, deydi respublikachi qonunchi.

XS
SM
MD
LG