Breaking News

Jahon iqtisodiyoti "moliyaviy shok" holatida


Xalqaro Valyuta Jamg’armasiga ko’ra jahon iqtisodiyoti “moliyaviy shok” holatida ekan, dunyo bo’ylab markaziy banklar foiz stavkalarini pasaytirishga majbur.

Iqtisodchilar ushbu chora kapital bozorini jonlantirib, kichik va o’rta bizneslarni ishini osonlashtiradi degan umidda. AQSh Markaziy banki rahbari Ben Bernanke xulosasiga ko’ra iqtisodiyot hali beri o’zini tiklab olmaydi.

“Ko’chmas mulk bozoridagi muammolar va moliyaviy sektordagi ag’dar-to’ntar iqtisodiyotning zaif nuqtasi bo’lib qolmoqda. Buning ustiga, dollar qadrining tushib borayotgani, ishsizlik ko’payayotgani hamda oziq-ovqat bahosining qimmatlashuvi amerikaliklarning xarid quvvatini ancha pasaytirdi”, - deydi Ben Benanke.

Shunday bo’lsa-da, Ben Bernanke nazarida AQSh iqtisodiyoti butunlay izdan chiqdi deyish noto’g’ri. Yonilg’iga talab kamayar ekan, iqtisodchilar AQShda benzin bahosi tushib boraveradi deya bashorat qilmoqda.

Prezident Bushning aytishicha AQSh moliyaviy inqirozdan chiqish say’-harakatlarini boshqa davlatlar bilan muvofiqlashtirgan holda olib boradi. Vashingtonda Katta Yettilik davlatlarining moliya vazirlari yig’ilmoqda.

Bush imzolagan qonunga muvofiq, hukumat qarzga botgan moliyaviy kompaniyalar aktivlarini vaqtincha sotib oladi. Buning uchun 700 milliard dollar mablag’ ajratilgan. “Biroq iqtisodiyot o’zini tiklab olishi uchun vaqt kerak”, - demoqda prezident Bush.

XS
SM
MD
LG