Breaking News

Obama Eron bilan munosabatlarni yangi sahifadan boshlamoqchi


Prezident Barak Obama AQSh-Eron munosabatlarini yangilashga chaqirmoqda.

Rasmiy Tehron bu da’vatdan mamnun, biroq “Obama so’zlarini amalda isbotlasin”, demoqda.

Yevropa Ittifoqi nazarida bu qadam Eronni xalqaro davraga qaytarishi mumkin.

Mana bir necha yildirki Amerika-Eron aloqalari tarang. Prezident Obama yangi davrni boshlamoqda.

Har qanday dovonni diplomatiya, yaxshi so’z bilan yengish mumkin.

Qo’shma Shtatlar Eron va boshqa davlatlar bilan aynan shu usulda ish olib borishga tayyor, deydi Obama. Biroq Eron ham hissa qo’shishi kerak.

Do’q-po’pisa bilan ish bitmaydi. O’zaro hurmat va ishonch asosida gaplashish kerak, deydi AQSh rahbari.

Prezident dunyo ahli, jumladan, Eronni bahor ayyomi - Navro’z bilan qutlar ekan, umumiy qadriyatlar haqida to’xtalgan.

Farzandlar kelajagi, oila tinchligi, jamiyat ravnaqi, millatlararo totuvlik. Bular chegara tanlamaydi, deydi Obama. Har bir xalq mana shu haqda orzu qiladi.

Sobiq prezident Jorj Bush rasmiy Tehron bilan muzokara qilishdan bosh tortib, Eronni dushman davlatlar safiga qo’shgan edi.

Prezident Barak Obama Eronni kelajakni o’ylab ish tutishga chaqirmoqda. O’zaro almashinuv, hamkorlik va savdoni yo’lga qo’yish kerak, deydi u. Odamlar eski gina-kuduratni unutsa, qo’shnilar murosa qilsa, dunyo ham kengroq va xavfsizroq bo’ladi, deydi Obama.

Rasmiy Tehron bu so’zlarni olqishlagan. Biroq, deydi prezidenti yordamchisi Aliakbar Javonfikr, AQSh o’tmishdagi xatolarini to’g’rilab, Eronga nisbatan siyosatini tubdan o’zgartirishi kerak.

XS
SM
MD
LG