Breaking News

Qozog'istonda mudofaa vaziri o'rinbosari hibsga olingan


Qozog'istonda mamlakat mudofaa vazirining o'rinbosari general-leytenant Kajimurat Mayermanov hibsga olingan.

U 2006 yilda Isroildan qurol-yarog' sotib olinganida jiddiy xatolarga yo'l qo'yganlikda, lavozimini suiste'mol qilganlikda va korrupsiyada ayblanmoqda.

Qozog'iston Davlat xavfsizlik qo'mitasiga ko'ra, Qozog'iston armiyasini qurol bilan ta'minlash maqsadida uch yil burun Isroil bilan jami 190 million dollarlik bir necha shartnoma tuzilgan.

Mayermanov bu boradagi muzokaralarga boshchilik qilib qator hujjatlarga imzo chekkan. Biroq tergov natijalariga ko'ra, qurollarning 80 foizi nosoz chiqqan. Zarar qiymati 82 million dollarga teng, deydi rasmiylar.

XS
SM
MD
LG