Breaking News

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasiga a'zo davlatlar qo'shin tuzmoqda


Rossiya va sobiq Sovet Ittifoqidagi yana 6 davlat xavfsizlik bo’yicha yangi tezkor qo’shin yaratmoqda.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedevning aytishicha, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a’zo Armaniston, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekiston Moskvada o’tgan uchrashuvda shunga kelishib olgan.

10 ming kishilik bu tuzilma a’zo davlatlar harbiy bo’linmalaridan iborat bo’ladi va “NATOdan also qolishmaydi”, - deydi Medvedev.

AQShning NATOdagi elchisi Dmitriy Rogozinning aytishicha, Qirg’izistondagi Manas aerodromi bu borada qo’l kelishib mumkin.

“Ajnabiy kuchlar Qirg’iziston suvereniteti, hurmatini joyiga qo’ya olmadi; mazkur tuzilma esa bu bazaning qadriga yetishi muqarrar”, - deydi Rogozin.

Qo’shinning vazifasi terrorizm va xalqaro jinoyatchilik, xususan, qoradori savdosiga qarshi kurashishdan iborat bo’ladi. Asosiy e’tibor Afg’onistonga qaratilishi kutilmoqda.

Rossiya matbuoti xabariga ko’ra, ayni damda kollektiv xavfsizlik sistemasi 3 mustaqil harbiy guruhdan iborat: Rossiya-Belarus, Rossiya-Armaniston va Markaziy Osiyo.

Yangi rejaga ko’ra, barcha harbiy kuchlar Rossiyada jamlanadi va markaziy qo’mondonlikka bo’ysunadi. Asosiy harbiy kuch rus askarlaridan iborat bo’lishi taxmin qilinmoqda.

XS
SM
MD
LG