Matbuot va so'z erkinligini himoya qiluvchi jahon bo'ylab 32 tashkilot qo'shma bayonot chiqarib, O'zbekiston prezidenti Islom Karimovdan qamoqdagi jurnalist Solijon Abdurahmonovni ozod etishni so'ragan.
Ular orasida Qirg'iziston, Serbiya, Jazoir, Kanada, AQSh, Turkiya, Ukraina, Avstraliya, Tailand, Fransiya, Efiopiya va boshqa mamlakatlar tashkilotlari bor.
Qoraqalpog'istonlik jurnalist qoradori savdosi bilan shug'ullanganlikda ayblanib, 2008 yili 10 yilga qamalgan edi.
Bayonotda Solijon Abdurahmonovga qarshi ayblovlar soxtalashtirilgani, aybi isbotlanmagani, tergov qoidalari buzilgani ta'kidlanadi. U bir necha xorijiy va mustaqil matbuot vositalariga ishlar edi.