Breaking News

AQSh Eron ichki ishlariga aralashmoqchi emas


Prezident Barak Obama Eron ichki siyosatiga aralashmoqchi emas, biroq xalq o’z fikrini erkin bildirishga haqli, deydi u.

Davlat kotibasi Xillari Klinton fikricha ham har qanday saylov fuqaro irodasini ifoda etishi kerak. Saylovdan keyingi janjal yechimini Eron xalqiga qo’yib bering, deydi u. Rasmiy Tehron nazarida Vashington “ig’vo” bayonotlari bilan Eron tinchini buzmoqda.

AQSh rasmiylari bu da’voni rad etmoqda. So’z va fikr erkinligi tarafdorimiz xolos, deydi ular.

Tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton deydiki, Eron ahli nima istashini ochiq aytishga, saylovda haqqini talab qilishga haqli. “AQSh adolatli va erkin saylovlar tarafdori”, - deydi u.

Erondagi saylov va namoyishlarda internet, mobil aloqa va Twitter kabi muloqot vositalari keng qo’llanmoqda. Twitter qisqa matn va video jo’natish imkonini beradi. Matbuot, televideniye va radio cheklangan sharoitda bu – asosiy axborot manbaiga aylangan.

Hafta boshida internetda ta’mirlash ishlari rejalangan, Twitter sayti vaqtincha yopilishi kerak edi. Biroq Davlat departamenti Erondagi saylovda internet ahamiyatini inobatga olib, remontni kechiktirishga chaqirgan.

Klinton nazarida bu qarorning siyosatga dahli yo’q. “Maqsad so’z va fikr erkinligini himoya qilish edi. Axborot tanqis bir sharoitda bu manba odamlarni ogoh qilib turdi” – deydi u.

Saylov natijasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, AQSh hukumati Tehron bilan muloqot qilishga tayyor, deydi Klinton, toki Eron yadro dasturidan voz kechib, xalqaro maydonga qayta olsin.

XS
SM
MD
LG