Breaking News

Guantanamodagi o'zbekistonliklar Irlandiyada panoh topadi


Irlandiya AQShning Guantanamo qamog’ida o’tirgan ikki mahbusni qabul qilishga rozi.

O’zbekistonlik mahbuslar haqida gap ketmoqda, biri Oybek Jabborov. Ular ikki oy ichida Irlandiyaga keladi, deydi mamlakat Adliya vaziri Dermott Axern.

Bu ikki shaxs 2001 yilda Afg’onistonda qo’lga tushgan. Keyinchalik ular aybsiz deb topilgan.

Biroq AQSh rasmiylari vatanida qiynoqqa solinishi mumkin deya, ularni O’zbekistonga topshirmoqchi emas.

XS
SM
MD
LG