Breaking News

Terrorga qarshi kurashda harbiy va noharbiy usullar qo'llanadi


AQSh ma'muriyati xalqaro terrorga qarshi yangi strategiyani amalda tatbiq etar ekan, al-Qoida singari jangari guruhlarni yo’q qilish uchun harbiy va noharbiy usullardan foydalanmoqchi.

AQSh rahbarining terrorga qarshi kurash bo’yicha bosh maslahatchisi Jon Brennan Vashingtondagi tadqiqot markazlaridan birida izoh berar ekan, AQShning hozirgi tashqi siyosati faqat “terrorga qarshi urush”ga asoslanmasligini eslatib, harbiy vositalar qatorida noharbiy usullar ham keng qo’llanishini aytgan.

“Oq Uy terrorga qarshi qattiq turmayapti” degan tanqidchilarning fikriga qo’shilmagan janob Brennan, prezident Obama al-Qoidaning hali ham katta tahdid ekanini biladi deydi.

"Prezident al-Qoida va aloqador guruhlarni yo’q qilish qarorida qat'iy. Bu bizning asosiy maqsadimiz", - deydi maslahatchi Brennan.

U terrorchilar boshpana olgan barcha mintaqalar, jumladan Afg'oniston-Pokiston chegarasidagi jangarilarga qarshi kurashni davom ettirish barobarida, terrorizmni mag'lub qilish uchun boshqa vositalardan foydalanish kerakligini aytgan. Unga ko'ra, harbiy kuchga qo’shimcha barcha diplomatik usullarni ishga solish va iqtisodiy taraqqiyotga e’tibor berish lozim.

"Prezident Barak Obama Qohirada jahon musulmonlariga qarata qilgan chiqishida aniqlab o’tganidek, AQSh Islomga qarshi kurashmayapti. Bu kurash faqat al-Qoida va uning safdoshlariga qaratilgan", - deydi Oq Uy maslahatchisi.

Uning ta’kidlashicha, qashshoqlik va imkoniyatsizlik kabi terrorizmni keltirib chiqaruvchi omillarni yo’q qilish, ta'lim-tarbiya va taraqqiyotga e'tiborni kuchaytirish kerak.

XS
SM
MD
LG