Breaking News

Fort Xuddagi fojea: Obama shoshib xulosa qilmaslikka chaqirmoqda


AQSh ahli Texasdagi fojeadan o'ziga kelishga harakat qilar ekan, prezident Barak Obama shoshilinch xulosa qilmaslikka, qiziqqon bo'lmaslikka chaqirmoqda.

Obama o'lganlar, yaradorlar oila a'zolariga hamdardlik izhor etmoqda.

Bu orada Fort Xud rasmiylari bugungi fojeani to’xtatgan, olovni birinchi bo’lib qaytargan ayol politsiyachiga tahsin aytmoqda.

Baza polkovnigi Jon Rossining aytishicha, politsiya ofitseri Kimberli Manli mayor Nidal Malik Hasan bilan o’q almashib, uni to’rt bora jarohatlagan.

Eslatib o’tamiz, bugun baza harbiy vrachi Malik Hasan xorijha xizmatga otlanayotgan safdoshlariga qarata o’t ochib, 13 kishini o’ldirgan, 30 nafarini yaragan edi. Jarohat olganlarning bari, jumladan, hujumchi ham hozir kasalxonada.

Fort Xud gospitali xodimi, polkovnik Stiv Breyvmanning aytishicha, u Hasan bilan ancha vaqt ishlagan va biror muammo sezmagan.

39 yoshli Malik Hasan 2003 yilda tibbiy ta’lim maskanini bitirib, vrach diplomini olgan. Avval olti yil davomida Volter Rid harbiy tibbiy markazida ishlab, shu yil iyulida Fort Xud bazasiga ishga o’tgan.

Bugun bazada motam kuni e’lon qilingan.

Ma’lum bo’lishicha, yil boshidan beri mazkur harbiy qarorgohning 10 nafar zobiti o’z joniga qasd qilgan.

1991 yilda esa baza yaqinidagi Killin shahrida bir kishi mashinasini kafeteriy binosiga urib, keyin 22 kishini otib o’ldirgan.

XS
SM
MD
LG