Breaking News

G'arb Karzaydan korrupsiyaga qarshi amaliy choralar kutmoqda


AQSh va Germaniya Afg’onistonning yangi hukumatidan korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirib, va’da qilingan islohotlarni boshlashni talab qilmoqda.

"Hamid Karzay ishonchli va layoqatli rahbar ekanini amalda isbotlasin", - deydi ular.

Berlinda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan matbuot anjumanida, AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Karzay hukumati oldida turgan ikki masalani tilga oldi – tizimni ichdan yemirayotgan korrupsiya va zaif hokimiyat. Bu ikki jabhada oldinga siljish kuzatilmas ekan, xalqaro hamjamiyat yordami uzoqqa bormaydi.

“AQSh va NATO kuchlari”, deydi Klinton, “Afg’onistonda shunchaki altruistik maqsadlar bilan jang qilayotgani yo’q. Al-Qoida moliyalayotgan, rag’blantirayotgan va yetakchililik qilayotgan terror guruhlari barchaga tahdid solayotgani haqiqat. Ularni yo’q qilish uchun biz qancha harakat qilsak, Karzay hukumati ham va’dalarini oshig’i bilan bajarishi lozim”.

Obama ma’muriyati hozirda Afg’onistonga 40 minggacha harbiy jo’natish ustida o’ylanmoqda. Germaniyada sentyabrda o’tgan saylov kampaniyasida Afg’oniston masalasi hal qiluvchi rol o’ynagan.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Guido Vestervel “Afg’oniston o’z-o’zini himoya qilisha olishi kerak, bu va iqtisodiy sohada ko’mak berishga tayyormiz”, deydi. Germaniyaning 4200 askari Afg’onistonning nisbatan tinch hududlarida xizmat qilmoqda.

XS
SM
MD
LG