Breaking News

Afg'oniston xavfsizligi mahalliy qo'shin zimmasiga o'tadi


Afg'oniston xavfsizligi mahalliy qo'shin zimmasiga o'tadi
Afg'oniston xavfsizligi mahalliy qo'shin zimmasiga o'tadi

<!-- IMAGE -->

NATO tashqi ishlar vazirlarining Estoniyadagi uchrashuvida Afg’onistonda xavfsizlik uchun javobgarlikni shu yil mahalliy hukumatga topshirishni boshlashga kelishilgan.

“Lekin afg’on zobitlarini bu ishga yaxshilab tayyorlash kerak”, - dedi NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen, bu mamlakatga yana 450 murabbiy jo’natishni tavsiya etib.

Afg’onistonda Shimoliy Atlantika harbiy alyansiga a’zo 40 davlatdan 90 ming qo’shin Tolibonga qarshi jang qilmoqda. Kelasi bir necha yil ichida bu ishni mahalliy armiyaga topshirish uchun tayyorgarlik ketmoqda.



NATO rahbariyatining qayd etishicha, gap aniq sana belgilash haqida ketmayapti. Jarayon Afg’onistondagi ahvol va xavfsizlik sharoitiga bog’liq.

Estoniya poytaxti Tallinda o’tgan uchrashuvda NATO rahbari a’zo davlatlarni qurolsizlanish harakatiga qo’shilishga chaqirib, shu bilan birga raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini kuchaytirish zarur, dedi.

Biroq Anders Fog Rasmussen nazarida hozirgi zamonda bunday tizimlarning o’zigina dunyo tinchligini ta’minlay olmaydi. Terror guruhlari va o’zboshimcha davlatlardan himoyalanish uchun muayyan yadroviy arsenalga ega bo’lish zamon talabi, deydi u.

Qo’shma Shtatlar Yevropaning turli burchaklarida ana shunday taktik qurollarga, dushmanni qo’rqitish va hujumdan qaytarishga mo’ljallangan vositalarga ega.

Ayrim hukumatlar buni Sovuq Urush sarqiti deb ta’riflab ulardan qutulishga chaqirar ekan, AQSh Davlat kotibasi Xillari Klintonning ta’kidlashicha, bu borada birinchi qadamni Rossiya qo’yishi kerak. “Strategik qurollarni kamaytirish harakatlariga Rossiyani ham jalb qilish zarur”, - deydi u.

Yevropada mudofaa sistemalari o’rnatish masalasida Shimoliy Alyans Rossiya bilan hamkorlik qilishini bildirmoqda.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG