Breaking News

Pentagon: Afg’onistonda ijobiy o’zgarish bor


Pentagon: Afg’onistonda ijobiy o’zgarish bor
Pentagon: Afg’onistonda ijobiy o’zgarish bor

AQSh Mudofaa vazirligi nazarida Afg’onistonda xavfsizlik bobida ijobiy o’zgarish bor. Biroq Tolibon hamon xavf-xatar kasb etmoqda, aholi ishonchini qozonish uchun hali uzoq mehnat qilish kerak, deyiladi Pentagon hisobotida.

Afg’onistonda NATO askarlari uzoq muddatdan beri posponlik qilayotgan viloyatlar oyoqqa turgan. Oxirgi yillarda xalqaro koalitsiya safi kengayib, buning samarasi sezila boshlagan.

Biroq qo’shin ortgani sari Tolibon qarshiligi ham kuchaygan. Jangarilar viloyatlarni qo’ldan boy bermaslik uchun jon-jahdi bilan kurashmoqda. Ayniqsa, Qandahor va Hilmand viloyatlarida.

Afg'onistonda hozir AQShning 100 mingga yaqin askari bor
Afg'onistonda hozir AQShning 100 mingga yaqin askari bor

Jangarilar, deyiladi Pentagon hisobotida, faqat u yer, bu yerda, alohida-alohida hujumlarga qodir xolos. Xurujlarning 45 foizi asosan janubda amalga oshirilmoqda.

Mudofaa vazirligi rasmiylarining aytishicha, toliblar aholi zich yashovchi hududlardan siqib chiqarilgan. Lekin ular kichik shaharlarda hali ham faol, aholini qo’rquvda ushlab turibdi.

Shimoliy Afg’onistonda xizmat qilayotgan kuchlar qo’mondoni, polkovnik Villard Burleson fikricha afg’on xalqini ishonchini qozonish eng mushkul masala.

Aholi hukumatga, o’z armiyasiga tayana boshlashi kerak, xavfsizlik ularning qo’lida, deydi u.

Pentagon iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash zarur ekanini qayd etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG